So’nggi yangiliklar

19:27"Фулхэм" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  3 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 18:42"Ал Батаэҳ" — "Хорфаккан". Ғаниев асосий таркибда  0 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 17:13"Самахи" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  4 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  0 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  1 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  3 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  8

JCH-2022 saralash bosqichi. "B" guruhi jamoalari Yangiliklar

JCH-2022 saralash bosqichi. "B" guruhi jamoalari

5 sentyabr kuni Osiyo mintaqasida JCH-2022 saralash bosqichining ikkinchi raundiga start beriladi.

Malumki, saralashning ushbu bosqichida 40ta jamoa qatnashadi. Jamoalar beshtadan 8 guruhga bo'lingan. Guruh g'oliblari hamda eng yaxshi to'rtta ikkinchi o'rin egasi keyingi bosqichga yo'l olish bilan birga Osiyo Kubogi-2023 yo'llanmasini ham qo'lga kiritadi. 

Quyida "B" guruhi jamoalariga to'xtatib o'tamiz. Bu guruhda Avstraliya, Iordaniya, Xitoy Taypeyi, Quvayt va Nepal o'zaro bahs olib boradi. 


AVSTRALIYA

FIFA reytingidagi o'rni: 46

Osiyo Kubogidagi eng yaxshi natijasi: CHempion (2015) 

Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi: 1/8 final (2006) 

Bosh murabbiy: Grexem Arnold (Avstraliya)


Avstraliya garchi JCH-2018da guruhdan chiqa olmagan hamda Osiyo Kubogida chorak finalda o'z yurishini to'xtatgan bo'lsa-da, baribir Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri hisoboanadi. SHubhasiz, Avstraliya terma jamoasi 2022 yil Qatarda bo'lib o'tadigan mundialga borish uchun eng asosiy nomzodlardan biri. 


IORDANIYA

FIFA reytingidagi o'rni: 99

Osiyo Kubogidagi eng yaxshi natijasi: CHorak final (2004,2011) 

Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi: Hali chiqmagan 

Bosh murabbiy: Vital Borkelmans (Belgiya)


Iordaniya Osiyo Kubogi-2019 guruh bosqichida Avstraliyani mag'lub etib o'ziga xos sensaciya ko'rsatdi. Jamoa bosh murabbiyi Vital Borkelmans jamoani shakllantirish ustida qattiq mehnat qilyapti. 


XITOY TAYPEYI

FIFA reytingidagi o'rni: 125

Osiyo Kubogidagi eng yaxshi natijasi: 3-o'rin (1960) 

Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi: Hali chiqmagan 

Bosh murabbiy: Luis Lankaster (Angliya)


Guruhda Xitoy Taypeyiga oson bo'lmaydi. Lekin shu yilning yanvar oyida terma jamoani qabul qilib olgan Luis Lankaster boshqacha fikrda. Angliyalik murabbiy o'z jamoasi bilan hech bo'lmasa Osiyo Kubogiga borishni maqsad qilgan. 


QUVAYT 

FIFA reytingidagi o'rni: 156

Osiyo Kubogidagi eng yaxshi natijasi: CHempion (1980) 

Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi: Guruh bosqichi (1982) 

Bosh murabbiy: Romeo Yozak (Xorvatiya)


FIFAning diskvalifikaciya qarori tufayli Quvayt terma jamoasi malum muddat katta futboldan chetda qoldi. Endilikda bu jamoaga yana xalqaro maydonda to'p tepish imkoni berildi. Quvayt buyog'iga avvalgi mavqeini tiklashga harakat qiladi. 


NEPAL

FIFA reytingidagi o'rni: 166

Osiyo Kubogidagi eng yaxshi natijasi: Hali qatnashmagan

Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi: Hali chiqmagan 

Bosh murabbiy: Yoxan Kalin (SHveciya)


Boshqalar qatori Nepal ham nimagadir erishishga umid qilmoqda. Bu jamoa asosan uy uchrashuvlarida ochko yig'ishga va shu orqali o'z muxlislarini xursand qilishga urinib ko'radi. 


Sentyabr oyida bo'ladigan o'yinlar: 


5 sentyabr

Xitoy Taypeyi - Iordaniya

Quvayt - Nepal


10 sentyabr

Quvayt - Avstraliya

Xitoy Taypeyi - Nepal


JCH-2022 saralash bosqichi. "A" guruhi jamoalari

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика