So’nggi yangiliklar

14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  0 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  0 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  2 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  3 11:32Авазбек Ўлмасалиев: "Миллий терма жамоага илк маротаба чақирилганимдан хурсандман"  1 11:16"Тоттенхэм" Мэддисон ўрнига бошқа футболчи топди  1 10:51Бруно Фернандеш "Ал-Иттиҳод" билан яширин учрашув ўтказди. Футболчи йиллик истагини маълум қилган  8 10:20"Барселона" ёзда сотиб олган футболчини Туркия клубига ижарага бермоқчи  1 09:48Флик "Барселона"нинг "Леванте"га қарши ўйинига муносабат билдирди  11 09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  2 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  1

JCH-2022 saralash bosqichi. "A" guruhi jamoalari Yangiliklar

JCH-2022 saralash bosqichi. "A" guruhi jamoalari

5 sentyabrdan Osiyo mintaqasida JCH-2022 saralash bahslarining ikkinchi raundiga start beriladi.

Malumki, saralashning ushbu bosqichida jami 40ta jamoa qatnashadi. Jamoalar beshtadan 8 guruhga bo'lingan. Guruh g'oliblari hamda eng yaxshi to'rtta ikkinchi o'rin egasi keyingi bosqichga yo'l olish bilan birga Osiyo Kubogi-2023 yo'llanmasini ham qo'lga kiritadi. 

Quyida "A" guruhi jamoalariga to'xtatib o'tamiz. Bu guruhda Xitoy, Suriya, Filippin, Maldiv va Guam o'zaro bahs olib boradi. 


XITOY

FIFA reytingidagi o'rni: 71

Osiyo Kubogidagi eng yaxshi natijasi: Finalchi (1984, 2004)

Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi: Guruh bosqichi (2002) 

Bosh murabbiy: Marchello Lippi (Italiya)

 

Xitoyda futbol 2002-2004 yillar oralig'ida yaxshigina rivojlandi va bir nechta kuchli mahalliy futbolchilar etishib chiqdi. Xitoy termasi JCH-2002 saralash o'yinlarida bizni ortda qoldirib, jahon chempionatiga yo'l olgandi. Bu jamoa shuningdek, 2004 yil o'z maydonida o'tkazilgan Osiyo Kubogida finalga qadar etib borib, yakunda ikkinchi o'rinni egallagan. Osiyo Kuboklarida muntazam ishtirok etib kelayotgan Xitoy yana bir bor jahon chempionatiga chiqishga urinib ko'radi. 


SURIYA

FIFA reytingidagi o'rni: 87

Osiyo Kubogidagi eng yaxshi natijasi: Guruh bosqichi (6 marta) 

Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi: Hali chiqmagan 

Bosh murabbiy: Fajr Ibrohim (Suriya)


Suriya JCH-2018ga chiqishga yaqin kelgandi, biroq ularning yo'liga Avstraliya dov bo'ldi. Osiyo Kubogida esa Suriya yana o'zini ko'rsata olmadi va o'z ishtirokini guruhda yakunladi. SHuningdek, bu jamoa G'arbiy Osiyo chempionatida ham o'zidan yaxshi taasurot qoldirmadi. "A" guruhi jamoalari orasida faqat Suriyani mahalliy murabbiy boshqarmoqda. Suriyaliklar Fajr Ibrohim qo'l ostida qanchalik uzoqqa borishini vaqt ko'rsatadi. 


FILIPPIN

FIFA reytingidagi o'rni: 126

Osiyo Kubogidagi eng yaxshi natijasi: Guruh bosqichi (2019) 

Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi: Hali chiqmagan 

Bosh murabbiy: Goran Miloyevich (Serbiya)


Filippin Osiyo Kubogi-2019da hammani hayron qoldirishga harakat qildi. Bu jamoa o'z tarixida birinchi bor qita birinchiligida ishtirok etdi. Oxirgi yillarda Filippinda ham futbol rivoj topdi deya olamiz. Endi ular JCH saralash bahslarida ham yuqori marralarni ko'zlamoqda. 


MALDIV

FIFA reytingidagi o'rni: 152

Osiyo Kubogidagi eng yaxshi natijasi: Hali qatnashmagan 

Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi: Hali chiqmagan

Bosh murabbiy: Petar Segrt (Xorvatiya)


Maldiv terma jamoasi namoyish etayotgan o'yini bilan maqtana olmaydi. Umuman bu jamoaning natijalari yo'q hisobi. Faqat JCH-2006 saralash bahsida Janubiy Koreya bilan 0:0 o'ynab, o'ziga xos sensaciya yuzaga keltirgandi. Bu safar nima bo'lishini esa o'yinlar boshlangach bilib olamiz. 


GUAM

FIFA reytingidagi o'rni: 190

Osiyo Kubogidagi eng yaxshi natijasi: Hali qatnashmagan 

Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi: Hali chiqmagan

Bosh murabbiy: Karl Dodd (Avstraliya)


Guam asosan o'z uyida kuchli o'yin ko'rsatishga harakat qiladi. Mutaxassislar jamoa Karl Dodd qo'l ostida o'sishga erishdi deyishmoqda. O'tish o'yinlarida Guam Butanni 5:0 hisobida mag'lub etib ikkinchi raundga etib keldi. Endilikda o'z darvozasidan ko'p gol o'tkazib yubormaslikka harakat qiladi. 


Sentyabr oyida bo'ladigan o'yinlar: 

5 sentyabr

Guam - Maldiv

Filippin - Suriya 


10 sentyabr

Guam - Filippin

Maldiv - Xitoy

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика