So’nggi yangiliklar

00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  2 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  2 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  3 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  8 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  4 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  9 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  1 17:22"Манчестер Юнайтед" Семеньо бўйича муваффақиятсизликдан кейин "Лейпциг" юлдузига кўз тикди  4 16:54"Атлетико" Сёрлотни 35-40 млн евро эвазига сотишга тайёр  1

JCH-2022. Pley-off masalasini hal qilgan Franciya hali imkoniyatni yo'qotmagan Tunisga qarshi (PREVYU) Yangiliklar

JCH-2022. Pley-off masalasini hal qilgan Franciya hali imkoniyatni yo'qotmagan Tunisga qarshi (PREVYU)

Teglar :  FranciyaTunis
Bugun "D" guruhida o'yinlar yakunlanadi.

Ikkita turdan keyinoq pley-off yo'llanmasini naqd qilib qo'ygan Franciya terma jamoasi bugun bitta durangga ega, hali pley-offdan umidini uzmagan Tunisga qarshi o'yin o'tkazadi. 

Amaldagi chempion Franciya avvaliga Avstraliyani, keyin esa Daniyani mag'lubiyatga uchratdi. Tunis esa Daniyaga qarshi ilk turda durang o'ynagandi. Ikkinchi turda esa Avstraliyadan mag'lubiyat qabul qilib olingan. Ammo hali imkoniyat yo'qotilmagan: buning uchun Franciya mag'lub etilishi, shuningdek Avstraliya - Daniya o'yinida durang qayd etilishi lozim. 


Tunis hali JCH-2022da gol urmadi

Tunis terma jamoasini sermahsul deya olmaymiz. Ular o'yinlarda o'rtacha 1,3 tadan gol urishadi. Ushbu mundialda esa Jalel Kadri shogirdlari umuman gol ura olishmadi. Jamoa ortda qolgan ikkita o'yinda raqiblar darvozasi tomon umumiy hisobda 5 tagina aniq zarba berishgan. Ularni xavfli zarba deya olmaymiz ham. 


Franciya yana g'alabaga o'ynaydimi? 

Tunisga qarshi o'yin oldidan asosiy masala - Mbappe asosiy tarkibda tushadimi? Franciya 1/8 final masalasini hal qilib bo'lgan. Tunisga qarshi o'yin esa avvalgi uchrashuvlarda zaxirada qolgan futbolchilarni maydonda sinab olish uchun yaxshi imkoniyat bo'lishi mumkin. 

Mbappe har ikki o'yinda ham to'liq harakat qilgandi. Ammo Desham g'alaba uchun o'ynashini va asosiy tarkibga imkon berish mumkinligiga shama qilgan. 



Taxminiy tarkib va taktika


Kadri katta ehtimol bilan Tunisni yana 3-4-2-1 sxemasi bo'yicha o'ynatishda davom etadi. U hujumkor jamoaga qarshi o'yin uchun yaxshi samara beradigan uslub. Diskvalifikaciya qilingan va jarohat olganlar yo'q. SHu sababli Tunis o'zining eng asosiy va optimal tarkibi bilan maydonga tushsa kerak. 

Franciya esa 4-2-3-1 sxemasida harakat qilmoqda. Ammo jamoa pley-off masalasini hal qilganini inobatga olsak, tarkib avvalgilariga qaraganda o'zgarib ketishi ehtimoli yuqori. 


3-tur oldidan guruhdagi vaziyat


Uchrashuv bugun soat 20:00da boshlanadi. O'yin "Sport TV" orqali jonli efirda namoyish etiladi. 

championat.asia esa odatdagidek mazkur bahsni onlayn matnli translyaciya qiladi. 


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика