JCH-2022. Kechagi o'yinlarning eng yaxshi futbolchilari
28 noy 2022 08:25
Yangiliklar
JCH-2022. Kechagi o'yinlarning eng yaxshi futbolchilari
Yaponiya – Kosta-Rika 0:1
Uchrashuvdagi yagona gol muallifiga aylangan himoyachi Keysher Fuller “man of the match” sovrinini qo'lga kiritdi.

Belgiya – Marokash 0:2
Bahsda faol harakat qilgan Hakim Ziesh 1-taymda gol urdi, ammo ofsayd tufayli u bekor qilindi. 90+2-daqiqada esa Ziesh hujumchi Zakariya Abuhalolning goliga hammualliflik qildi. SHu tariqa, 29 yoshli hujumkor yarim himoyachi o'yinning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

Xorvatiya – Kanada 4:1
O'yinda dublga erishgan Andrey Kramarich “man of the match” nomiga loyiq ko'rildi. U 36-daqiqada hisobni tenglashtirdi va 70-daqiqada oradagi farqni oshirdi. Ikkala golda ham “Xoffenxaym” azosiga Ivan Perishich assistentlik qildi.

Ispaniya – Germaniya 1:1
62-daqiqada gol urib, jamoasini oldinga olib chiqqan Alvaro Morata uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi. Hozirda uning hisobida 2 gol va bir assist bor.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar