So’nggi yangiliklar

02:36ЖЧ-2026 саралаши. БАА Ўзбекистон ва Қирғизистонга қарши ўйинлар учун таркибини эълон қилди  5 02:29Баҳром Ҳайдаров: "Навбаҳор" каби жамоага қарши ўйинда 0:3 ҳисобидан кейин ўйинга қайта олиш жуда қийин"  0 02:25Ла Лига. "Барселона" мавсумдаги сўнгги ўйинда меҳмонда "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  10 02:11А Серия. "Рома" сўнгги турда "Торино"ни мағлуб этди, аммо параллель ўйинда "Юве" меҳмонда "Венеция"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўрин билан ЧЛга йўл олди  31 01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  1 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  0 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  17 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  3 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  9 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  21 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  39 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  42 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  96

JCH-2022. Bugun Yaponiya Germaniyaga qarshi o'ynaydi - yana bir sensaciyaga guvoh bo'lamizmi? Yangiliklar

JCH-2022. Bugun Yaponiya Germaniyaga qarshi o'ynaydi - yana bir sensaciyaga guvoh bo'lamizmi?

Bugun Qatardagi jahon chempionatining "E" guruhi o'yinlari start oladi.

Birinchi turda favoritlarning nominal autsayderlarga qarshi to'qnashuvlariga guvoh bo'lishimiz kutilmoqda. Germaniya terma jamoasi Xans Flik qo'l ostida ilk bor yirik musobaqada zafar quchishga urinib ko'radi. Yaponiya hozircha kvartetda uchinchi o'rinni egallash uchun davogar va top raqiblarni ancha ter to'kishga majbur qila oladigan raqib deb etirof etilmoqda. Nemislarga qarshi uchrashuvda bu taxminlar o'zini qanchalik oqlashini ko'rib olamiz.


Germaniya

1. Germaniya himoyasi — uchrashuvning asosiy intrigasi

Xansi Flik yakuniy tarkibni elon qilgach, aniq bo'ldiki, yarim himoya va hujum tomonga sezilarli og'ish bor. O'rta chiziqdagi ijrochilarning nomini eshitib, mahoratini eslarkansiz, himoya chizig'i kuchsiz nuqtadek tuyulaveradi. To'g'risi ham bu tarkibda top darajada hozir, shu erda o'ynashga tayyorlardan — faqatgina Antonio Ryudigerni aytish mumkin. Sababi Flik yana bir himoyachi Mats Xummelsni tarkibga kiritmaslikka qaror qildi. Ryudigerga kim sherik bo'lishi hamon ochiq qolayotgan savol, sababi ideal variant ko'rinmayapti.

Birinchidan, Xansi ancha yuqori chiziq bilan o'ynashni xush ko'radi, shuning uchun unga ikki tezkor himoyachi o'ta zarur. Tajribali Mattias Ginter bu kriteriyalarga to'liq mos tushadi deb bo'lmaydi, Dortmundda o'zini topgan Niko SHlotterbek esa chap qanotga yaqinroq o'ynashni xush ko'radi. SHunday qilib birgina Niklas Zyule varianti qolyapti. Flik u bilan "Bavariya"dagi davr orqali yaxshi tanish va uning kuchli jihatlarini yaxshi biladi. Ammo uning sport formasi optimal holatda deb bo'lmaydi.

Ikkinchidan, Bundestim tarkibida hali ham o'ng qanot himoyachisi yo'q. Tarkibga hattoki butun mavsum o'ynamagan Lukas Klostermann kiritildi, Oman bilan o'rtoqlik o'yinida uning imkoniyatlari yarim soatga etdi. Turli sxemalar uchun Tilo Kerer va Yonas Xoffmann bor. Biroq har ikkisi ham optimal variant sifatida qaralmayapti. To'g'ri, ortingda Manuel Noyer tursa, himoyachilarning bazi xatolari sezilmay, yopib ketilar, biroq Germaniyaning hozirgi himoyasi Manu uchun ham muammo bo'lishi mumkin.


2. Musiala katta musobaqaga tayyormi?

Umuman olganda Germaniya termasining hujum chizig'i imkoniyatlari, ijrochilar hammaga malum va ular termani anchadan buyon turli musobaqalarda olg'a borishiga o'z hissalarini qo'shishmoqda. Lekin nemislarga shunchaki kreativlik emas, stabil kreativlik etishmayotgandek edi — aynan shu bo'shliqni Jamal Musiala to'ldirishi mumkin. "Bavariya" iqtidori haqida ko'p gapirib ulgurildi. Gap-so'zlar o'z yo'liga, mingta gapdan ko'ra uning statistikasini ko'rsangiz etarli. SHuning uchun takroran to'xtalib o'tirmaymiz.

Asosiy savol Xansi Flik maydonda Musialani qanday rolda ko'rayotgani. Murabbiy tayanch zonaga ham tegmasa kerak. Kimmix, Gorecka va Gyundogan uchligida shubhaga o'rin yo'q. O'ng qanotda Serj Gnabri harakat qilishi kutilyapti. SHunday ekan Musiala uchun faqatgina ikki poziciya qolmoqda — sevimli "o'nlik" yoki chap qanotga yaqin zona.

Markazda Jamalga qulayroq, sababi uning to'p bilan muomala qilishi va driblingi kichik zonalarda ham vaziyat yaratish imkoniyatini beradi. Bu himoyada tartibli harakat qila oladigan raqiblarga qarshi as qotadi va Yaponiya o'sha guruhga kiradigan termalardan. SHu bilan birga Tomas Myuller va Kay Xaverc haqida unutmaslik lozim. Flik ularga ham joy topib berishga urinishi turgan gap. Roys, Verner va Sanening jarohatini inobatga olsak, Musiala katta ehtimol chap qanotdan joy oladi. 


Yaponiya

1. Yaponiya — nemislar uchun noqulay raqib

Balki biroz g'alati eshitilar, ammo Yaponiya osiyoliklar ichida imkoniyatlari nisbatan pastroq terma sifatida qaralmoqda. Bunga "samuraylar"ning darajasi emas, guruhdagi raqiblar sabab bo'ldi. Ikki asosiy favorit va kurashuvchan Kosta-Rika. Nima bo'lganda ham Xadzime Moriyasu shogirdlari guruh bosqichiga yaxshi kayfiyat va jismoniy holatda etib kelishdi.

O'yin uslubidan kelib chiqsak, yaponlar Germaniyaga noqulay raqib hisoblanadi. Yaponiya himoyada tartibli harakat qila oladi, jamoa to'psiz, ikkinchi raqam bo'lib o'ynashni uddalay oladi. Jamoada qarshi hujumlarni uyushtirish yuqori darajada yo'lga qo'yilgan, yarim himoyada esa raqib himoyasini bir-ikkita harakat bilan "kesib yuborish" uchun kreativ etarli. 

Turli musobaqalardagi oxirgi 6 o'yinda yaponlar bor yo'g'i bir marta mag'lub bo'lgan va faqat bitta bahsda — Gonkong (6:0) bilan, to'pga egalik qilishda ustun kelgan. Bu vaqt oralig'ida Yaponiya SHimoliy Koreya (3:0) va AQSH (2:0) bilan o'ynadi. Boshqa tomondan Xitoy va Ekvador termalari darvozalariga yo'l topilmadi. O'ta yuqori himoyalanidigan Germaniya to'pga egalik qilishni ham juda xush ko'radi. Bu esa avtomatik ravishda qitadoshlarimizga qarshi hujumdagi vaziyatlar va balki yana bir sensaciya uchun yo'l ochar.

2. Yaponlar Daiti Kamadadan "syurpriz" kutishayotgani bor gap

Yaponiyaning tarkibi musobaqadagi o'rtamiyona termalar ichida eng qiziqarlisi desa bo'ladi. Yaponlar evropaning top ligalari klublaridan yulduzlarni olib kelishgan — himoyada universal Takexiro Tomiyasu, tajribali Maya Yoshida bor, Takefusa Kubo va Takumo Minamino kabi yorqin vingerlar. Biroq eng muhimi "Ayntraxt" yarim himoyachisi Daiti Kamada. Aynan u hozirgi tarkibning asosiy yulduzi, etakchisi bo'lishi kutilyapti va u transfer narxi eng qimmat futbolchi hisoblanadi.

Kamada chindan ancha sifatli mavsum o'tkazyapti, u markaziy zonada istalgan nuqtada o'ynashi mumkin — orqaroqda, "o'nlik" rolida va jarima maydonchalari o'rtasidagi zonaga javobgar sifatida ham. Uni deyarli istalgan taktik sxemaga joylashtirish va sifatli harakatlar, hujumlar uyushtirishda muhim uzatmalarni kutish mumkin. Agar murabbiy ikki nafar tayanch yarim himoyachi xizmatidan foydalanishga qaror qilsa, Daiti hujumchi ortida Germaniyaning u qadar mustahkam bo'lmagan himoyasini tashvishga solishi hech gap emas. Jamoa ishqibozlari ham birinchi navbatda aynan Daitidan "syurpriz" kutishmoqda.


Tarkiblar va taktika

Xansi Flik 4-2-3-1 taktikasini tanlaydi. O'ng qanotda Kerer, markaziy himoyada esa Ryudigerga Zyule elkadosh bo'lsa kerak. Tayanch zonada "Bavariya" vakillari — Kimmix va Gorecka, yuqoriroqda Gyundogan. O'ng qanotda Gnabri, chaproqda — Musiala. Hujumchi rolida Xaverc bo'lsa kerak.

Xadzime Moriyasu ham 4-2-3-1 taktikasidan foydalanishi ehtimoli yuqori. Himoya markazida Yosida va Tomiyasu, qanotlarda Sakai va Xiroki Ito. Tayanch zonada jarohatidan qutilgan Endo. Hujumlar uchun esa Minamino, Kamada va Kubo uchligi javob beradi. Hujumning eng oldingi chizig'ida esa tezkor Maedani ko'ramiz.


Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика