So’nggi yangiliklar

21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА 1:0  0 21:15ЖЧ-2026 саралаши. Эрон ва Қатар кураш олиб боришмоқда (онлайн ҳисоб)  11 21:14"Ҳар бир олинган очко бизни Жаҳон чемпионатига яқинлаштирмоқда" – Отабек Шукуров  9 20:40ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон Тошкентдаги ажойиб оқшомда БААдан устун келди  489 20:15Погба: "Ҳеч қачон "ҳеч қачон" дейиш керак эмас"  2 19:48Бонуччи фаолиятидаги энг мураккаб рақибни айтди — у Месси ёки Роналду эмас  1 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  1 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  19 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  11 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  3 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  2 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  6

JCH-2021. Rikardino eng zo'ri! Portugaliya va Qozog'istondan ikkitadan nomzod. Mundialning eng yaxshilari Yangiliklar

JCH-2021. Rikardino eng zo'ri! Portugaliya va Qozog'istondan ikkitadan nomzod. Mundialning eng yaxshilari

12 sentyabrdan 3 oktyabrga qadar bo'lib o'tgan futzal bo'yicha to'qqizinchi Jahon chempionati ham o'z yakuniga etdi.

Unda tarixda ilk bor Portugaliya terma jamoasi chempionlikni qo'lga kiritdi.

Litva mezbonlik qilgan mundialning eng yaxshilarini etiboringizga havola etishni lozim topdik.

JCH-2021 "Fairy play" sovrini - Qozog'iston terma jamoasi

Bu sovrin musobaqa davomida delegaciyalarning har bir azosi tomonidan "Fairy play"ga amal qilinishiga bog'liq. Bunda bir terma jamoa maksimal 1000 ochko yig'ishi mumkin. Qo'shnilarimiz esa 931 ochko jamg'arishdi va "Fairy play" sovriniga qo'shib diplom va vaucher (20 ming AQSH dollari)ga ega chiqishdi. Ushbu pullar mamlakatda futzal rivoji uchun ishlatilishi kerak.

Sovrinni Qozog'iston terma jamoasi sardori Igita qabul qilib oldi.


JCH-2021ning eng yaxshi darvozaboni (Oltin qo'lqop) - Nikolas Sarmiento (Argentina)

Argentina terma jamoasi shu yilning 2 va 3 fevral kunlari O'zbekiston terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazganda N.Sarmiento Toshkentga kelmagandi. O'shanda bosh murabbiy Matias Lukuiks ayrim legionerlar kelmaganini aytib o'tgandi. Nikolas Ispaniyaning "Palma" klubida o'ynab kelgan, hozir esa boshqa bir ispan klubi "Betis" o'yinchisi hisoblanadi.

Nikolas Sarmiento ushbu JCHda o'z darvozasidan eng kam 8ta gol olib chiqdi va eng yaxshi deb topildi.

Eslatib o'tamiz, Sarmiento 2016 yil Kolumbiyada o'tkazilgan mundialda ham "Oltin qo'lqop"ni qo'lga kiritgandi.


JCH-2021 to'purari (Oltin butsa) - Ferrao (Braziliya), 9ta gol

Dunyoning oxirgi ikki yildagi eng yaxshi futzalchisi Ferrao o'zining birinchi mundialida to'purar bo'lishni uddaladi. Har ikki oyoqda zarba bera oladigan "Barselona" o'yinchisi Litvada 9ta gol urdi. Bundan tashqari, Ferrao ikkita golli pas ham berdi.


Mundialning "Kumush butsa"si Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Paniga topshirildi. Pani finaldagi dubli evaziga o'z gollari sonini 8taga etkazib oldi. Uning hisobida bitta golli pas ham bor.


"Bronza butsa" esa Qozog'iston terma jamoasi azosi Taynanga topshirildi. Asli braziliyalik bo'lgan futzalchi jami 6ta gol urdi. Ispaniyalik Adolfo Fernandez ham 6ta to'p kiritdi. Musobaqa reglamentiga ko'ra, bunday holatda o'yinchilar bergan golli paslarga qaraladi. Fernandez ikkita, Taynan esa uchta goli pas berdi. SHu sabab, "Bronza butsa" qo'shnilarimiz azosiga topshirildi.


JCH-2021ning eng yaxshi o'yinchisi (Oltin to'p) - Rikardino (Portugaliya)

Futzal tarixidagi eng buyuk o'yinchilardan biri Rikardino ushbu mundialda ikkita gol urdi va ettita golli pas berdi (2+7). Portugaliyalik "sehrgar" garchi 6 karra dunyoning eng yaxshi o'yinchisi hisoblansada, biror marta JCHlarda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritmagandi. Litvada esa Rikardino bosh sovringa qo'shib "Oltin to'p"ni ham qo'lga kiritdi. Afsonaviy o'yinchining xalqaro faoliyati uchun yorqin xotima.


Mundialning "Kumush to'p"i Portugaliyaning boshqa bir futzalchisi Paniga topshirildi. 32 yoshli o'yinchi pley-offning har bir bosqichida jamoasi uchun gol urishni uddasidan chiqdi, finalda esa har ikkala golga mualliflik qildi hamda haqli tarzda "Silver ball"ni o'ziniki qildi.


Musobaqaning "Bronza to'p"i Qozog'iston terma jamoasi himoyachisi Duglasga topshirildi. Duglas JCHda 4ta gol urdi va 5ta golli pas berdi. Bundan tashqari, 31 yoshli o'yinchi mundialda eng ko'p kurashlarni yutdi, hammadan ko'p pas berdi va Litvada barcha o'yinchilardan ko'ra ko'proq daqiqa o'ynadi.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика