JCH-2018. Ukraina o'z uyida yutqazdi va Rossiyaga bormaydigan bo'ldi
10 okt 2017 01:46
Yangiliklar
JCH-2018. Ukraina o'z uyida yutqazdi va Rossiyaga bormaydigan bo'ldi
Unda Ukraina terma jamoasi Kiev shahridagi "Olimpiyskiy" stadionida asosiy raqibi Xorvatiyani qabul qilib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bu bilan Andrey SHevchenko shogirdlari mundial uchun kurashni Xorvatiyaga topshirdi. Uchrashuvda Kramarich dublga erishdi.
Aslida Xorvatiyani durang natija ham qanoatlantirardi. Ukraina esa faqat g'alaba evaziga guruhda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritardi va JCH-2018 yo'llanmasi uchun kurashni pley-offda davom ettirardi. Ammo unday bo'lib chiqmadi. Endi ukrainaliklar xuddi biz kabi JCH-2022ni kutib yashashadi.
Ukraina – Xorvatiya 0:2 (0:0, 0:2)
9 oktyabr, 23.45. “NSK Olimpiyskiy”
Gollar: 0:1 – 62 Kramarich, 0:2 – 70 Kramarich.
Ukraina – Pyatov, Xacheridi, Rakickiy, Matvienko, Marlos (Besedin, 78), Rotan (Sidorchuk, 69), Konoplyanka, Garmash (Kovalenko, 66), Yarmolenko, Stepanenko, Karavaev.
Xorvatiya – Subashich, Lovren, Vrsalko (Pivarich, 86), Vida, Mitrovich, Rakitich, Badel, Modrich, Perishich, Manjukich (Rog, 90), Kramarich (Pashalich, 88).
Ogohlantirishlar: Stepanenko (60), Rotan (64).
Fikrlar