So’nggi yangiliklar

21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  23 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  2 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  593 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  2 20:30ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум!  4 19:30Рауль мавсум охирида "Кастилья"дан кетади  0 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: "Ўзбекистоннинг 12-футболчиси" ўйинга тайёр   2 17:45ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: Асосий таркиблар маълум  44 17:37Ўзбекистон - Эрон: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  3 17:28Саутгейт: "Яқин бир йилда мени кутманг"  2 17:00Сиаваш Ҳақназари: "Бугун очиқ ва ҳужумкор футбол гувоҳи бўламиз"  5 16:37"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси ҳужумчисига қизиқмоқда  2 16:22ЖЧ-2026 саралаши. Австралия иродали ғалабага эришди   1 15:10"Манчестер Сити" Эдерсонга ўринбосар топди  0 14:29"Байер" Вирцни қўйиб юбормоқчи эмас  0

JCH-2018. Tarkiblar va statistika Yangiliklar

JCH-2018. Tarkiblar va statistika

Jahon chempionatida ishtirok etuvchi barcha terma jamoalarning yakuniy 23talik ro'yxati malum qilindi.

Tarkiblar chiqqach FIFA rasmiy sayti bazi qiziq raqam va malumotlarni keltirib o'tdi.

- Demak, 32 terma jamoa safida 23tadan jami 736 futbolchi ro'yxatdan o'tdi. SHulardan 200 nafari avval ham jahon chempionatida qatnashgan. Xususan 186tasi JCH-2014da, 61 tasi JCH-2010da, 21 nafar futbolchi esa JCH-2006da o'ynagan. 

- SHuningdek, faqat bir futbolchi JCH-2002da ham qatnashgan. Bu meksikalik Rafael Markes. Markes faoliyatida davomida beshta jahon chempionatida o'ynaydigan to'rtinchi futbolchi bo'ladi. Bungacha Antonio Karbaxal, Lotar Matteus va Janluiji Buffon beshta JCHda ishtirok etgan. 

- Angliya terma jamoasida birorta ham legioner yo'q. Bu borada keyingi o'rinlarni Rossiya (2ta legioner) va Saudiya Arabistoni (3ta legioner) egallab turibdi. Senegal bilan SHveciyaning esa aksincha tarkibi faqat legionerlardan iborat. Belgiya, Islandiya, Nigeriya va SHveycariyada bittadan mahalliy o'yinchi bor. 

- JCHga boradigan futbolchilardan 53 nafari avvalgi mundialda ham to'p kiritgan. Eng ko'p gol urganlar orasida Tomas Myuller (10ta gol) birinchi o'rinni egallab turibdi. Keyingi o'rinlarni Xames Rodriges (6), Tim Keyxill (5), Gonsalo Iguain (5), Lionel Messi (5) va Luis Suares (5) egallab turibdi. 

- Misrlik Essam el Hadari JCH-2018 ishtirokchilari orasida yoshi eng katta futbolchi hisoblanadi. Bu darvozabon hozir 45 yoshda. Mirslik darvozabon ikkinchi yoshi katta futbolchi Rafael Markesdan olti yoshga katta. U shuningdek, uch nafar bosh murabbiylardan ham katta. Bu murabbiylar - Aliu Sisse (Senegal), Mladen Krstaich (Serbiya) va Roberto Martines (Belgiya). 

- Urugvay bosh murabbiyi Oskar Tabares mundialdagi eng qariya murabbiy hisoblanadi. U 71 yoshda. Taqqoslash uchun u Senegal ustozi Aliu Sisse bilan uning o'rtasidagi yosh farqi 29ni tashkil etadi. 

- Bu yilgi jahon chempionatining eng yosh futbolchisi Avstraliya termasi yarim himolyachisi Daniel Arzani bo'ladi. U hozir 19 yoshda. Malumot uchun, JCH-2006da Teo Uolkott (17), JCH-2010da Kristian Eriksen (18) va JCH-2014da Fabris Olingalar (18) eng yosh futbolchi bo'lishgan. 

- Milliy terma jamoalarga eng ko'p futbolchi bergan klub bu "Manchester Siti". "Siti"dan 16 nafar o'yinchi JCHda qatnashadi. Bu borada keyingi o'rinlarni "Real" (15 futbolchi), "Barselona" (14), "CHelsi", PSJ va "Tottenxem" (har uchalasi 12 nafardan) egallab turishibdi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика