So’nggi yangiliklar

00:17Шешко Каррингтонда  0 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  18 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  5 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  2 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  2 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  96 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  0 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  17 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  3 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6 19:53Алаба "Реал"ни тарк этишни режалаштирмаяпти  0 19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  2

JCH-2018 stadionlari hozir qanday ko'rinishda? (fotogalereya) Yangiliklar

JCH-2018 stadionlari hozir qanday ko'rinishda? (fotogalereya)

2018 yil Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionati saralash uchrashuvlari asta-sekin o'z yakuniga etmoqda.

Dunyodagi eng katta mamlakatda bo'lib o'tadigan mundialga oz qolmoqda. SHu munosabat bilan Rossiyadagi stadionlarning hozirgi holati bilan qiziqdik va ularning suratlarini etiboringizga havola qilamiz.

"Volgograd Arena"

Sig'imi: 45568 muxlis.

Topshirish muddati: dekabr 2017.

Egalik qiluvchi klub: "Rotor"

Volga daryosi qirg'og'ida joylashgan stadionda asosiy monolit ishlari yakunlangan. Ayni damda 11 ming kvadrat metr oynalashtirilmoqda.



"Ekaterinburg Arena"

Sig'imi: 35696 kishi.

Topshirish muddati: 2017 yil dekabr.

Egalik qiluvchi klub: "Ural".

Yozda Ekaterinburgda tribuna ustidagi tom qurilishi yakunlandi.  "Markaziy" stadionining tarixiy ko'rinishi yangi arenada saqlanib qoladi. 1950 yillarning madaniy yodgorliklari hisoblangan elementlar restavraciya qilinmoqda: Ikki tribuna devorlari, haykallar, kassa binolari.



"Kaliningrad" stadioni

Sig'imi: 35212 kishi.

Topshirish muddati: 2017 yil dekabr.

Egalik qiluvchi klub: "Baltika".

Kaliningrad markazidagi Oktyabrskiy orolida joylashgan "Kaliningrad" stadioni toza maydonda tiklanmoqda - avval orolning bu qismida hech narsa qurilmagan. Stadion 80%ga tayyor. Ayni damda arenaning pardoz ishlari davom etmoqda.



"Nijniy Novgorod" stadioni

Sig'imi: 45331 kishi.

Topshirish muddati: 2017 yil dekabr.

Egalik qiluvchi klub: "Olimpiec".

Nijniy Novgorodda tribuna va foye ustidagi metallokonstrukciyali qoplama montaji yakunlandi. Pardoz va vitrajlar o'rnatish ishlari ketmoqda.



"Rostov Arena"

Sig'imi: 45145 kishi.

Topshirish muddati: 2017 yil noyabr.

Egalik qiluvchi klub: "Rostov".

Stadion mashhur Don daryosining chap qirg'og'ida, odamlar yashamaydigan joyda qurilmoqda. Qurilish grafikdan biroz oldinda. Temirbeton va montaj ishlari yakunlangan, xonalarni pardozlash jarayoni ketmoqda. CHim ekildi va kuz oxirida test uchrashuvlar o'tkazish mumkin bo'ladi.



"Samara Arena"

Sig'imi: 44807 kishi.

Topshirish muddati: 2017 yil dekabr.

Egalik qiluvchi klub: "Krilya Sovetov".

Yangi stadion Samara markazida - Radiocentr posyolkasi tumanida qurilmoqda. Qurilish maydonida yoritish machtalarining montaji, gumbazlar metallokonstrukciyasi, devor va panjalara o'rnatish ishlari ketmoqda.



"Mordoviya Arena"

Sig'imi: 44149 kishi.

Topshirish muddati: 2017 yil dekabr.

Egalik qiluvchi klub: "Mordoviya".

"Mordoviya Arena" quruvchilari sentyabr oyida stadionning tashqi qismini qoplashni boshlashadi. Tez orada chim ekiladi.



"Lujniki stadioni"

Sig'imi: 81006 kishi.

Topshirish muddati: Stadion qurib bitkazilgan.

Egalik qiluvchi klub: Rossiya terma jamoasi.

JCH-2018 asosiy stadionining rekonstrukciya ishlari iyunda yakunlangan. Hozir arena atrofida bazi kamchiliklar bartaraf etilmoqda. "Lujniki"ning tarixiy ko'rinishi saqlanib qolgan, ammo ichki qismi to'liq o'zgartirilgan: Endi yugurish yo'lakchalari yo'q, tribuna maydonga yaqinroq, chim tabiiy. Noyabr oyida stadion Rossiya terma jamoasi ishtirokidagi ilk uchrashuvni qabul qilishi kerak.



"Spartak" stadioni



"Sankt-Peterburg" stadioni



"Qozon Arena"



"Fisht" stadioni


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика