So’nggi yangiliklar

23:10Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" (матнли трансляция)  11 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  4 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  16 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0

JCH-2018. Rossiya - Misr 3:1. Yangiliklar

JCH-2018. Rossiya - Misr 3:1.

Teglar :  JCH-2018RossiyaMisr
JCH-2018 A guruhida jamoalar 2-tur bellashuvlarini boshlashadi.

Musobaqa mezboni Rossiya terma jamoasi Muhammad Salah boshchiligidagi Misr termasi bilan kuch sinashadi.

JCH-2018. 

“A” guruhi.

Rossiya –Misr 1:0 #LIVE

Gol: Fatxi (47, o'z darvozasiga)

Sankt Peterburg. “Petrovski” stadioni.

Hakam: Enrike Kaseres (Paragvay)

Rossiya – Akinfeev, Ignashevich, Kutepov, Fernandes, Jirkov, Gazinskiy, Zobnin, Golovin, Samedov, CHerishev, Dzyuba.

Misr –El-SHenavi, Gabr, Abdel-SHafi, Fatxi, Xegazi, El-Nenni, Hamed, Al-Said, Trezege, Muhsin, Saloh.



Rossiya terma jamoasi echinish-kiyinish xonasi

Misr terma jamoasi "razdevalka"si...


Muxlislar ham uchrashuvga tayyor...

DIQQAT QILING! UCHRASHUV BOSHLANDI!!!!

6-daqiqa. Rossiya terma jamoasi ketma-ket ikki bor raqib darvozasi tomon zarba berdi. Golovinning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi golga aylanishiga bir bahya qoldi.... 

O'yin tempi ancha yuqori....

15-daqiqa. Misr terma jamoasi ruslar darvozasi oldida ketma-ket hujumlar tashkil etdi. Ikki bor burchakdan to'p o'yinga kiritildi. Bir vaziyatda Trezege(David emas) aylanma zarbasi bilan uzoq burchakni nishonga olishga urindi. Golga santimetrlar etishmadi... 

Darvoqe! Misr termasi yarmi himoyachisi Mahmud Trezege oktyabrda 24 yoshga to'ladi. U Turkiyaning "Qosimposha" jamoasi tarkibida to'p tepadi...

ZARBA!!!! Denis CHerishevning chamasi 20 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasi darvoza to'sinidan oshib, muxlislarga borib tushdi....

Uchrashuvning uchdan bir qismi (30-daqiqa) ortda qoldi.... O'yin esa murosasiz kechmoqda...

Uxxxx!! Salah jarima maydonchasi ichida bir himoyachini aldab o'tib, chap oyog'i bilan uzoq burchakka o'zining odatiy zarbasini yo'lladi. To'p darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi..

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

GOOOOOOOLLLLLLL!!!!!! O'ng qanotdan misrliklar jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni darvozabon qaytarishga erishdi. Ammo ruslar ikkinchi tempda hujumni rivojlantirishga urinishdi. To'p esa misrlik himoyachining oyog'idan darvozaning uzoq burchagiga borib tushdi.... Artyom Dzyubani "qo'riqlab" yurish topshirilgan Fatxi kutilmaganda o'z darvozasini ishg'ol etib qo'ydi...

56-daqiqa. Misr terma jamoasining ajoyib kombinaciyasidan keyin Saloh chamasi 6-7 metrlardan darvozaga zarba berishga urindi. Feranandes afrikaliklar etakchisining zarbasiga to'sqinlik qila oldi.

Darvoqe, Rossiya terma jamoasi JCHlar tarixida hali hech qachon ketma-ket ikkinchi uchrashuvda g'alabaga erishmagan ekan.... Umuman bugungi bellashuvda durang natija ham JCH mezbonlarini keyingi bosqichga olib chiqadi. 

GOOOOOLLLLL!!!!! Denis CHerisheeevv!!! 2:0 Musobaqaga kelishi so'roq ostida turgan CHerishev ayni paytda Rossiya terma jamoasi safida JCHda uchinchi golini kiritdi va to'purarlar bahsida Krishtiano Ronalduga etib oldi. Bravo, Denis!

GOOOLL!!!!! Artyom Dzyuba! 3:0. Artyom haqiqiy hujumchi qanday bo'lishi keraklishini ko'rsatib qo'ydi. Raqiyu jarima maydonchasi tashqarisida to'pni ko'kragi bilan to'xatib oldi, yo'l yo'lakay bir himoyachini aldab o'tib, kuchli zarbasi bilan hisobni yiriklashtirdi -3:0.

PENALTII!!!!! Muhammad SALAHH!!! Kuchli va aniq zarbasi bilan Akinfeevni dog'da qoldirdi -3:1

Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi...


Rossiya terma jamoasi g'alabaga erishib, ochkolari hisobini oltitaga etkazdi va JCH2018 da  birinchi bo'lib pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика