So’nggi yangiliklar

01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  0 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  0 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  1 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   1 23:12Миллатлар лигаси. Германия, Нидерландия, Туркия ва бошқа термаларнинг бугунги ўйин учун таркиби маълум!  0 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  13 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0 21:37АПЛ клуби ҳакамни танқид қилгани учун жаримага тортилди  0 20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  1 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  1 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  3 19:30Клопп янги ишида нима қилишини тушунтириб берди  3

JCH-2018. Kolumbiya Polshani yirik hisobda taslim etdi Yangiliklar

JCH-2018. Kolumbiya Polshani yirik hisobda taslim etdi

JCH-2018 doirasidagi "H" guruhining 2-turidan o'rin olgan Polsha - Kolumbiya uchrashuvidan reportaj uyushtiramiz.

           YANGILASH

MATNLI TRANSLYACIYA

Poland

World Cup Grp. H . 2-tur

24/06/2018, 23:00

3
:
0
Tugadi

Colombia

Yerry Mina - 40', Radamel Falcao - 70', Juan Cuadrado - 75'

Stadion: Kazan Arena, 42873 tomoshabin

Bosh hakam: Cesar Ramos

45'
90'
57'  Dawid Kownacki (Kamil Grosicki)
61'  Jan Bednarek
72'  Bartosz Bereszynski (Lukasz Teodorczyk)
80'  Michal Pazdan (Kamil Glik)
85'  Jacek Goralski
32'  Abel Aguilar (Mateus Uribe)
40'  Yerry Mina
40'  James Rodriguez
70'  Radamel Falcao
70'  Juan Quintero
73'  Juan Quintero (Jefferson Lerma)
75'  Juan Cuadrado
75'  James Rodriguez
78'  Radamel Falcao (Carlos Bacca)


- Xayrli kech! Jahon chempionatining 2-turi doirasidagi oxirgi bahs Polsha hamda Kolumbiya o'rtasida kechadi. O'tgan turda mag'lubiyatga uchragan alamzada jamoalarning o'zaro to'qnashuvi qiziqarli o'tishi kutilmoqda. Mazkur o'yindan matnli onlayn translyaciyani taqdim etamiz.

22:00. Jamoalar boshlang'ich tarkibi elon qilindi

"Bavariya" klubi matbuot xizmati - "Kazan Arena"da "bavariyacha" duel: Robert & Xames! 

- O'yin soat 23:00da start oladi.

"Yuventus" matbuot xizmati - "Kazan Arena"da nafaqat "bavariyacha", balki "yuvecha" ham to'qnashuvi guvohiga aylanamiz: SHesni & Kuadrado!


- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Endi har ikkala davlat madhiyalari yangraydi.

- O'YIN BOSHLANDI!

3. Polsha o'yinni tajovuzkor ruhda boshladi. Ketma-ket hujumlar, standart vaziyatlari sodir etildi. Lekin hozircha Ospina qo'riqlayotgan darvoza tomon zarba berilgani yo'q.

5. Polshaning navbatdagi hujumini Levandovski boshi bilan yo'llagan zarbasi orqali muvaffaqiyatli yakunamoqchi bo'ldi. Ammo uning zarbasi o'xshamadi va Ospina ortiqcha qiyinchiliksiz to'pni ushlab oldi. Keyinga harakatda esa Polsha futbolisi Ospina bilan to'qnashib ketdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. O'yinda kichik to'xtalish.

8. Kolumbiya hujumga o'tdi. Ularni oldinga o'tishi ancha xavfli, ammo besamar ketdi. SHesni o'ziga kelgan to'pni ushlab olib xavfni bartaraf etdi.

10. Yuqori tempda o'tayotgan o'yinda Kolumbiya tashabbusni o'z qo'liga olishga urinmoqda.

12. O'yin asosan maydon markaziga ko'chdi.

15. To'p nazorati Kolumbiyaga o'tdi, Polsha esa raqibga nisbatan pressing qo'llamoqda

FIFA prezidenti Janni Infantino ham "Kazan Arena"da uchrashuvni tomosha qilmoqda

21. Kolumbiyaning navbatdagi hujumi noaniq pas evaziga to'xtab qoldi.

22. Kintero juda faol o'ynamoqda.

25. Kolumbiya pozicion hujum tashkil etmoqda. Ammo Polshaning himoya chizig'i hozircha ancha tartibli va ishonchli o'ynamoqda.

30. O'yin yaqqol vaziyatlarsiz davom etmoqda. Darvozabonlarga hozircha ish topilmayapti.

32. Agilyar raqibi bilan bo'lgan to'qnashuvda jiddiy jarohat oldi va o'yinni davom ettira olmaydi. Kolumbiyada majburiy o'zgarish.

34. Kolumbiya katta kuch bilan oldinga o'tdi va hujumlar sodir etdi. Ammo ish zarbagacha etib bormayapti. Yoki Kolumbiya futbolchilarining zarbalari mo'ljalga aniq yo'llanmayapti.

36. Polsha juda yaxshi himoyalanmoqda. Himoyachilar Kolumbiyaga o'z jarima maydonchalari oldida bo'sh hudud qoldirishmayapti. Kolumbiya esa pozicion hujum orqali ushbu zich mudofaa chizig'ini yorib o'tishga qiynalmoqda. Kuadrado esa o'zining individual harakatlari evaziga jarima maydonchasi ichiga yorib kirishga erishdi va zarba yo'lladi. Ammo uning zarbasi to'sildi. Burchak to'pi esa Kolumbiyaga naf keltirmadi. SHesni to'pga chiqishda yaxshi o'ynadi.

40. GOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! MINA! Nihoyat Kolumbiya Polsha himoyasining ojiz nuqtasini topdi. Xames Rodrigezning odatiy ajoyib uzatmasidan so'ng Yerri Mina boshi bilan darvozani aniq nishonga oldi - 0:1!

- Kolumbiya haqli ravishda hisobni ochmoqda. Kuadrado burchak zarbasi ishladi, Kintero himoyachilardan qaytgan to'pni Xamesga uzatdi, Rodrigez esa oxista to'p oshirishi orqali Yerri Minaga ajoyib vaziyatni tuhfa qildi. Yerri Mina esa ortiqcha qarshiliksiz SHesni darvozasini yaqin masofadan ishg'ol qildi.

- Adam Navalka ancha asabiylashmoqda. Polsha agarda bugun mag'lubiyatga uchraydigan bo'lsa, unda guruhdan chiqish imkoniyatlarini butkul yo'qotadi. Yoki Kolumbiya borasida ham shuni aytish mumkin.

44. Polshaning hujum chizig'i birinchi bo'limda ancha sust. Levandovski hozircha Ospinaga hech qanday xavf tug'dira olmadi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

- Birinchi bo'lim tugadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

49. Polsha tanaffusdan so'ng ancha faol boshladi. Kolumbiya endi Polshani qarshi hujumda "qopqon"ga tushirishga urinib ko'radi.

51. Falkaoning darvozaga yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

55. Polsha Kolumbiya darvozasi oldida vaziyat yarata olmayapti. Kolumbiyada vaziyatlar sodir etilmoqda. Ammo yakuniy zarbani berishda ular biroz oqsashmoqda.

57. Kuadradoning uzoqdan tepgan to'pi noaniq ketdi.

59. Levandovski qulay vaziyatni ko'kka sovurdi. Robert statusidagi hujumchilar bunday vaziyatlardan gol urishi lozim. Ammo Robert gol urish o'rniga darvozabonga jarohat etkazdi. Ospinaga tibbiy yordam ko'rsatildi va o'yin davom ettiriladi.

62. Polsha futbolchilari yakka kurashlarda ancha keskin o'ynashmoqda.

66. Polsha hujumda, Kolumbiya bexato himoyalanmoqda.

70. GOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! FALKAO! Kolumbiyaning bu galgi hujumi ham samarali yakunlandi. Kinteroning ajoyib uzatmasidan so'ng Falkao SHesni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va to'pni erlatib darvozaning uzoq burchagiga yo'naltirdi - 0:2!

"Kazan Arena"ga bugungi o'yinni bevosita tomosha qilish uchun 42873 tomoshabin tashrif buyurgan

75. GOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! KUADRADO! Xames Rodrigezdan yana bir zargarona uzatma va Kuadrado maydon markazidan darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib borib, SHesnini ojiz qoldirdi - 0:3!

- Kolumbiya o'yin taqdirini deyarli hal qildi.

80. Polshaning hujumini Ospina mahorat ko'rsatib bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi.

85. Kolumbiya istaganicha o'ynamoqda. Yaqqol vaziyatlarda futbolchilar gol urishga emas, balki chiroyliroq gol urishga harakat qilishmoqda.

88. Levandovskining jarima maydonchasi tashqaridan tepgan to'pini Ospina qaytarib yubordi.

- O'YIN YAKUNLANDI! Polsha uchun guruhdan chiqish imkoniyatlari yo'qoldi. Ushbu "kvartet"da Senegal, Yaponiya va Kolumbiya nimchorak final yo'llanmasi uchun oxirgi turda kurashadi.


JCH-2018
"H" guruhi, 2-tur.

Polsha - Kolumbiya 0:3
"Kazan Arena" stadioni.
Bosh hakam
: Sezar Ramos

Gollar: Mina (40), Falkao (70), Kuadrado (75)
Polsha – SHesni, Pishchek, Bednarek, Pazdan (Glik, 80), Ribus, Guralski, Krixovyak, Zelinski, Bereshinski (Teodorchik, 72), Kovnacki (Grosicki, 57), Levandovski.

Kolumbiya – Ospina, Mina, Moxika, Aryas, Sanches, Agilyar (Uribe, 32), Barrios, Kintero (Lerma, 73), Kuadrado, Xames, Falkao (Bakka, 78).

Ogohlantirishlar: Bednarek (61), Guralski (85).

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика