So’nggi yangiliklar

07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  0 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  8 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1

Javohir Sidiqov: “Derbi”da bizning asosiy ustunligimiz - muxlislarimiz" Yangiliklar

Javohir Sidiqov: “Derbi”da bizning asosiy ustunligimiz - muxlislarimiz"

Oliy liganing 25-tur doirasida bo'lib o'tadigan “Qo'qon-1912” – “Navbahor” uchrashuvidan oldin, jamoa etakchilaridan biri Javohir Sidiqov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- So'nggi paytlarda biroz jarohatlar iskanjasiga tushib qoldim. SHu tufayli o'yinlarda bor kuchim bilan o'ynay olmadim. Xudoga shukr endi barchasi ortda qoldi va navbatdagi o'yinga tayyorman. Futbolda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi. “Paxtakor”ga qarshi o'yinda yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmaganimiz bizga pand berdi. Biz o'sha bahsni unutdik va “Navbahor”ga qarshi jiddiy tayyorlanmoqdamiz.

“Vodiy derbi”lari respublikamizdagi eng shiddatli derbilar hisoblanadi. Bu uchrashuv natijasi biz uchun katta ahamiyatga ega ekanligini barchamiz juda yaxshi his qilib turibmiz. Biz maydonga faqat g'alaba uchun chiqamiz, boshqa har qanday natija bizni qoniqtirmaydi.

“Derbi”da bizning asosiy ustunligimiz  muxlislarimizning yonimizda ekanliklari, deb o'ylayman. Jamoamiz o'tgan mavsumda biroz qiyin vaziyatga tushib qolganida ham muxlislarimizning daldalari tufayli vaziyatdan chiqib ketgan edik. Ertaga ham bizni jonkuyar muxlislarimiz astoydil qo'llab turishadi, deb ishonaman. O'zimdan kelib chiqib aytsam, muxlislarning qo'llab-quvvatlashlari har qanday futbolchiga ilhom bag'ishlaydi.

Barcha muxlislarimizni “Markaziy” stadioniga taklif qilaman. Kelinglar, sizlar bilan birga “derbi”da albatta g'alaba qozonamiz!, - deydi Sidiqov.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика