So’nggi yangiliklar

15:26"Манчестер Юнайтед" Вальверде эвазига "Реал"га ўз футболчисини беришга тайёр  0 14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  0 13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  0 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  13 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  4 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  10 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  3 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  15 10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  2 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  9 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  3 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  3 08:07Суперлига. Бугун 22-тур якунланади  6 08:05МЛС. Мессининг иккита голи ва битта голли узатмаси "Интер Майами" жамоасига "Ди Си Юнайтед" устидан ғалаба келтирди  33 07:35Саудия Пролигаси. "Ал Насср"дан йирик ғалаба. Роналдудан дубл  8

Javohir Alijonov: "Golimni rahmatli tog'amga bag'ishlayman" Yangiliklar

Javohir Alijonov: "Golimni rahmatli tog'amga bag'ishlayman"

Bugun professional futboldagi ilk golini urib, "Lokomotiv"ning g'alabasini taminlagan yosh futbolchimiz Javohir Alijonov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Og'ir, qiyin o'yinni o'tkazdik. Barcha futbolchilar maydonning har bir qarichi uchun kurashib, g'alaba uchun intildi. Hudoga shukur, muvaffaqiyat qozondik.

- Golni nishonlaganingiz haqida gapirsangiz. Nega unday uslubda nishonladingiz?
- Bu tasodifan bo'ldi. Hissiyotlarga berilib ketdim. Hatto o'zim ham bunday nishonliman deb o'ylamagandim. Juda xursand bo'lib ketdim. Bunday paytda nima qilayotganimni o'zim ham tushunmay qoldim.

- Nega almashtirish so'radingiz? Ahvolingiz yaxshimi?
- Oyog'imning orqa mushaklari tortishib qoldi, to'g'risi, yugurishga biroz qiynalib qoldim. Hozir yaxshi holatdaman.

- O'yindan keyin oila azolaringizdan kim sizga birinchi bo'lib qo'ng'iroq qilib tabrikladi?
- Onajonim. Doimiy ravishda meni qo'llab-quvvatlaydigan mehribonim. Albatta, bundan keyin ham qattiq harakat qilaman, ko'proq gollar urishga intilaman. SHu o'rinda, ushbu golimni rahmatli tog'amga bag'ishlayman. Ular kichkinaligimda meni yaxshi ko'rardilar, eng yaqin insonlarimdan biri edilar. Ular futbolga endi borib yurgan paytlarimda menga doim dalda bo'lganlar. Ularni yoddan chiqara olmayman.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика