So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  2 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  2 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  26 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Javlon Ibrohimov: “Superliganing har bir uchrashuvi xuddi finaldek o'tadi” Yangiliklar

Javlon Ibrohimov: “Superliganing har bir uchrashuvi xuddi finaldek o'tadi”

Xabaringiz bor, O'zbekiston futbol federaciyasi va professional futbol ligasi tomonidan futbolimizni isloh qilish borasida qator samarali ishlar olib borilmoqda.

CHempionatimiz formati o'zgartirilib, klublarning professional faoliyatini taminlash maqsadida bir qator o'rinli talablar qo'yilmoqda. SHuningdek, futbolchilarning jismoniy holatini kuchaytirish bo'yicha normativlar olinib, terma jamoalar manfaatini yo'lida foydali yangiliklarga qo'l urildi. Bu borada “Bunyodkor” jamoasi sardori Javlon Ibrohimov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Avvalo, O'zbekiston futbol federaciyasi va professional futbol ligasida ish boshlagan yangi rahbariyatga omadlar tilayman. Ular tomonidan olib borilayotgan ishlarga yuqori baho beraman. Yurtimizdagi 2017 yilgi futbol mavsumini O'zbekiston kubogi finali yakunlab berdi. Ko'pchilikka yaxshi malumki, final bahsi juda yuqori saviyada tashkil etildi. Maydonda “Lokomotiv” va “Bunyodkor” jamoalari o'rtasida murosasiz kurash kechdi. Stadiondagi muhitni esa tariflab bo'lmaydi. Bilasizmi, futbolchilik faoliyatim mobaynida ichki musobaqalarda bunday ko'p muxlis yig'ilganini ilgari ko'rmagandim. SHuning o'zi ko'rsatib turibdiki, xalqimiz futbolni sevadi”.


“Fikrimcha, endi 2018 yilgi Superliga bahslari xuddi final bahsidek o'tadi. CHunki endi oddiy o'yinlarning o'zi qolmadi. 12talik formatdagi har bir bahs murosasiz va keskin o'tishiga shubha yo'q. O'ylab ko'ring, qandaydir ochkolar Sizni yo chempionlik uchun kurashga qo'shadi yoki Superligada jon saqlab qoladigan guruhga tushirib yuboradi. Qolaversa, “oltin ochkolar” hisob-kitobi ham o'ziga xos yangilik bo'ldi. Bu endi har bir raqib bilan bo'ladigan bahsda ochko jamg'arish kerakligini ko'rsatib turibdi. SHu orqali ham muxlislarning qiziqishi ortishi aniq”.

“Keskinlik va murosasizlikning oshishiga xizmat qiladigan yana bir jihat bu – normativlardir. Futbolchilar endi jismoniy holatlarini mavsum davomida yuqori saviyada ushlab turishlari kerak. Ayniqsa, qishki o'quv-mashg'ulot yig'inlarida olinadigan yuklamalar kuchliroq bo'lsa, bu futbolchining mavsumning oxirigacha jismoniy holati etuk bo'lishini taminlaydi. Mana shunday yuklamalarga dosh berolgan futbolchilar va jamoalarning g'alabalari ham ko'proq bo'ladi. Bundan esa eng avvalo terma jamoalarimizga ko'proq foyda. Vatanimiz jamoalariga kirish uchun futbolchilar ichida raqobat oshadi. Terma jamoalar murabbiylari ro'yhatida qancha nomzod ko'p bo'lsa, o'ylaymanki, xalqaro turnirlardagi g'alabalarimiz ham salmoqli bo'ladi”, - deydi “Bunyodkor” sardori Javlon Ibrohimov.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика