So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  0 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  14 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  21 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Javlon Ibrohimov: "Bunyodkor"dagi yutuqlarni “Navbahor”da ham takrorlash niyatidaman" Yangiliklar

Javlon Ibrohimov: "Bunyodkor"dagi yutuqlarni “Navbahor”da ham takrorlash niyatidaman"

Tajribali yarim himoyachi Javlon Ibrohimov Namanganning “Navbahor” jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

SHundan so'ng, undan klubimiz rasmiy veb-sayti uchun qisqacha intervyu oldik.

- Javlon, “Navbahor”ga xush kelibsiz! Sizni jamoaga kim taklif qildi?

- “Navbahor” klubi vice-prezidenti Oybek Arifovich Samatov menga taklif bilan chiqdilar. Ular bilan suhbatlashganimda, jamoaning oldiga yangi mavsumda yuksak maqsadlar qo'yilayotganligini takidladilar. Namanganga kelganimdan so'ng, Namangan viloyat hokimi Xayrullo Hayitbaevich Bozorov, Namangan shahar hokimi SHavkat SHokirjanovich Abdurazzoqov bilan ko'rishib, suhbatlashdim. Ular ham bu yil “Navbahor” Osiyo CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun kurash olib borishi, shu maqsadda tarkib kuchaytirilayotganligini aytishdi. Viloyat va klub rahbarlari tomonidan jamoaga katta etibor qaratilayotganligi, maqsad ulkanligini inobatga olgan holda, “Navbahor” bilan shartnoma imzolashga qaror qildim. Xudo xohlasa, yangi mavsumda “Navbahor”ning g'alabalariga o'zimning munosib hissamni qo'shaman, degan umiddaman.

- Jamoaning Turkiyadagi yig'iniga qachon qo'shilasiz?

- “Navbahor”ning Turkiyadagi yig'iniga ertaga qo'shilaman. Ertaga erta tongda Turkiyaga samolyotda parvoz qilaman.

- Futbolga qay tarzda kirib kelgansiz?

- Futbolchi bo'lishimda dadam va to'ng'ich akamning hissalari katta. Ular mening futbolga qiziqishimni ko'rib, qo'llab-quvvatlashgan. SHu darajaga etishimda ularning ularning ulkan mehnatlari samarasi yotibdi. Fursatdan foydanib, otam hamda akamga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Futboldagi ilk saboqlarni esa “CHig'atoy” futbol maktabida olganman.



- Takidlaganingizdek, “Navbahor”ning oldiga bu yilgi chempionatda OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilmoqda va tarkib ham shunga yarasha kuchaytirilmoqda. “Bunyodkor” safida ko'plab yutuqlarga erishgansiz hamda sovrinlarni yutish borasida ancha tajribalisiz. Yangi jamoangizda ushbu tajribangiz asqotsa kerak?

- Bo'lmasam-chi! O'zingizga malum, futbolchilik faoliyatimning ko'p qismi “Bunyodkor”da o'tgan. Mazkur klub tarkibida ko'plab yutuqlarga erishganman, jumladan, O'zbekiston chempioni va vice-chempioni bo'lganman, O'zbekiston kubogi hamda superkubogini qo'lga kiritganman, shuningdek, Osiyo CHempionlar Ligasida o'ynaganman.

“Navbahor”ga ham ushbu niyatda, yani sovrinlarni yutish uchun keldim. “Bunyodkor”dagi yutuqlarni “Navbahor”da ham takrorlash niyatidaman. Buni amalga oshirish uchun barcha jamoadoshlarim bilan bir yoqadan bosh chiqarib, bir tan, bir jon bo'lib, chempionlikni qo'lga kiritish uchun kurash olib boramiz.

- Muxlislarga qanday tilaklaringiz bor?

- Namangan futbolsevarlar viloyati va bu erda millionlar o'yiniga qiziqish kuchliligini juda yaxshi bilaman. “Navbahor” muxlislaridan jamoamizni yangi mavsumda ham munosib tarzda qo'llab-quvvatlashlarini so'rayman. Biz esa ularning ishonchlarini oqlash, quvonch ulashishga harakat qilamiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика