So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  5 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  1 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  9 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  15 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

Jasur Yaxshiboev: “Xitoyga qarshi faqat g'alaba uchun o'ynaymiz” Yangiliklar

Jasur Yaxshiboev: “Xitoyga qarshi faqat g'alaba uchun o'ynaymiz”

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yarim himoyachisi Jasur Yaxshiboev Xitoyga qarshi o'yindan oldin mahalliy matbuot bilan suhbatda ilk uchrashuvdagi xato va kamchiliklar haqida fikr bildirdi va keyingi uchrashuvga jamoa boshqacha kayfiyatda tushishini takidladi.

“Ilk uchrashuvdagi xatolardan kerakli xulosalar chiqara oldik. Umid qilamanki, boshqa bunday xato qilmaymiz. Xitoyga qarshi uchrashuvda faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. Uchrashuvning ahamiyatini bilib turibmiz. Biz muxlislarga yaxshi va chiroyli o'yin namoyish etishga va albatta g'alaba qozonib, ularni xursand qilishga harakat qilamiz”, - deydi Yaxshiboev.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yarim himoyachisi shuningdek, Xitoy yoshlar terma jamoasi va ular safidagi futbolchilar haqida fikr bildirdi.

“Xitoyliklar tarkibida ajoyib va tajribali futbolchilar bor. Ayniqsa, ularda texik jihatdan yaxshi shakllangan futbolchilar ko'p. Raqib safida bir nechta futbolchi barchadan biroz ajralib turibdi. Biz ularning qanday saviyadagi futbolchi ekanligini bilamiz va ularni to'xtatishga harakat qilamiz”, - deydi yarim himoyachi.

“Bu turnirdan maqsadimiz katta. Birinchi navbatda bu biz uchun o'ziga hos zinapoya. Biz o'zimizni ko'rsata olsak, kelajak uchun ham katta foyda. SHuning uchun barchamiz borimizni berib, g'alaba qozonishni istaymiz”, - dedi Yaxshiboev.

Reyting: -47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика