So’nggi yangiliklar

12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  0 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  1 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  0 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   0 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  1 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  3 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  7 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  13 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10

Jasur Yaxshiboev: "So'g'diyona" natija uchun harakat qildi, biz esa g'alaba qozondik" Yangiliklar

Jasur Yaxshiboev: "So'g'diyona" natija uchun harakat qildi, biz esa g'alaba qozondik"

Kecha O'zbekiston superligasi 1-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Ushbu turda Toshkentning "Paxtakor" jamoasi o'z uyida Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasini qabul qilib 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu uchrashuvdan so'ng "Paxtakor" klubi futbolchisi Jasur Yaxshiboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Jamoaviy o'yin evaziga "So'g'diyona"ni mag'lubiyatga uchratdik. "So'g'diyona" jamoasi bizga qarshi juda ham kuchli qarshilik ko'rsatdi. Jizzaxliklar bizga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rgan ekan. "So'g'diyona" natija uchun harakat qildi, lekin biz yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanganimiz uchun g'alaba qozondik. O'yin davomida ko'proq o'zimga ishonib, raqib futbolchilarini aldashga kirishib ketdim. 

Lekin maydonga chiqishimdan oldin, jamoaga foydam tegsa va g'alabaga o'z xissamni qo'shsam shuni o'zi etarli, deya o'z oldimga maqsad qo'yaman. Keyingi turda juda ham kuchli bo'lgan raqib "Bunyodkor" jamoasiga qarshi bahs olib boramiz. Ushbu o'yinda kim ruhan, jismonan va texnik tomondan kuchli bo'lsa o'sha jamoa g'alaba qozonadi, deb o'ylayman. Biz muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. "Bunyodkor" jamoasi qarshi hujumda xavfli o'yin namoyish etadi. Biz mana shu qarshi hujumga tayyor bo'lishimiz kerak", - deydi Jasur Yaxshiboev


Jahongir Sotvoldiev yozib oldi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика