Jasur Jaloliddinov "Lokomotiv"ga qaytdi
14 iyu 2022 14:02
Yangiliklar
Jasur Jaloliddinov "Lokomotiv"ga qaytdi
Mavsum boshida Qozog'istonning "Qayrat" klubida ijara asosida o'ynagan yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov "temiryo'lchilar" safiga qaytdi.
"Xabaringiz bor, Jaloliddinov o'tgan yilning ikkinchi yarmida "Andijon"dan "Loko"ga o'tgandi. U qisqa vaqt ichida jamoamiz muxlislari mehrini qozona oldi. Qolaversa, U-23 Osiyo chempionatida ko'rsatgan o'yini, Qatar hamda Yaponiya terma jamoalariga kiritgan goli barchaga manzur bo'ldi.
Jasurning yana "temiryo'lchilar" tarkibiga qaytishi shubhasiz ishqibozlarimizni xursand qiladi. Undan chiroyli o'yin va ajoyib gollar kutib qolamiz", — deyiladi klub xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Fikrlar