So’nggi yangiliklar

11:55​"Нефтчи" мухлислари қаршисида "Динамо"ни доғда қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 11:31Аскер Нажафалиев Индонезия Суперлигасида ишлайди  0 11:26Ўзбекистон кубоги ярим финал ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  0 11:14Элит ОЧЛ. "Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашувини ким бошқариши маълум  3 11:09Владислав Цейтлин Роналду клубининг ўйинида ишлайди   1 11:02Элит ОЧЛ. Ўзбекистонлик ҳакамлар 2-турнинг иккита ўйинида ишлашади  0 10:58Футзал бўйича саралаш. Бошқа гуруҳларда кимлар бор?  0 10:54Футзал. Бугун терма жамоамиз Шарқий Тиморга қарши майдонга тушади  1 10:23Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг навбатдаги йиғинига чақирилган футболчилар маълум  3 10:01Элит ОЧЛ. Биринчи тур учун рамзий жамоа тузилди, ундан "Насаф" ўйинчиси ҳам ўрин олди   1 09:52Sofascore. Жароҳат олиб, майдони тарк этган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 09:21Гвардиола шахсий антирекордини янгилади  2 08:50Sofascore. Кеча гол урган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 08:22"Андижон" Украина терма жамоаси собиқ футболчиси билан шартнома тузди  6 07:56Гвардиола Ҳусанов жароҳат олганини тасдиқлади  3

"Jasorat" sovrini sohibi Hasan Rahimjonov bilan suhbat Yangiliklar

"Jasorat" sovrini sohibi Hasan Rahimjonov bilan suhbat

O'zbekiston Futbol Associaciyasi va Professional Futbol Ligasi yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o'tkazdi.

Marosimda futbolchilar, murabbiylar, hakamlar bilan bir qatorda birinchi ligada ishtirok etgan Toshkentning Rubin jamoasi shifokori Hasan Rahimjonov ham "Jasorat" sovrini bilan taqdirlandi. Biz Hasan aka bilan bog'lanib suhbatlashdik:

- Hasan aka, avvalo sovrin bilan tabriklaymiz. O'zingiz haqingizda gapirib bersangiz.

- Tabrik uchun rahmat. Men Mirzo Ulug'bek tumani, 2-son bolalar jarrohlik klinik shifoxonasida bolalar travmatolog-ortoped shifokori bo'lib ishlash bilan birgalikda 2019 yil fevral oyidan beri "Rubin" jamoasida ham ishlab kelyapman.

- O'sha "Paxtakor-2" - "Rubin" o'yinida qanday voqea bo'lgandi?

- "Paxtakor-2" bilan o'yinda jamoamiz futbolchisi Husan Hasanov mezbonlar darvozaboni bilan to'qnashib ketib hushini yo'qotib qo'ydi va tili orqaga ketib qoldi. Zudlik bilan tez tibbiy yordam ko'rsatib futbolchini hayotini saqlab qolishga erishdik.

- Hasan aka, keyingi yil ham "Rubin"da ishlashda davom etasizmi?

- Ha. Futbolni juda yaxshi ko'raman. "Rubin" jamoasida kelasi yillarda ham yaxshi ishlab kelajakda O'zbekiston terma jamoasida ishlashni niyat qilaman.



Farhodjon Uzoqov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика