So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  0 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  14 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  168 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  54 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  9 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

"Jarohat olgan futbolchiga ko'p jamoa ishonmaydi" - Murodjon Toshmatov nima uchun "Dinamo"ni emas, "Lokomotiv"ni tanladi? Yangiliklar

"Jarohat olgan futbolchiga ko'p jamoa ishonmaydi" - Murodjon Toshmatov nima uchun "Dinamo"ni emas, "Lokomotiv"ni tanladi?

"Lokomotiv" jamoasi yozgi transferlar vaqtida tarkibga OKMK yarim himoyachisi Murodjon Toshmatov bilan shartnoma imzoladi.

Birinchi davrani jarohat sabab o'tkazib yuborgan futbolchi ikkinchi davrani olmaliqliklar safida boshlashi kutilayotgan edi. Biroq u "Lokomotiv" tanlovida to'xtadi. Bu borada Murodjon Toshmatovning fikrlariga quloq tutdik. 

- OKMK jamoasida 2019 yildan beri o'ynab kelayotgan edingiz. Jamoani tark etishingizga jarohat sabab bo'ldimi yoki ketish vaqti kelganmidi?

- Birinchi o'rinda, OKMK oilasiga katta rahmat aytmoqchiman. Yaxshimi-yomonmi, 5 yilga yaqin shu jamoa bilan birga bo'ldim. Jarohatim sababmi yoki risqim shu kunga yozilgan ekan, nima ham derdim. Hammasi Xudodan. Jamoaga qo'limdan kelganicha yordam berishga harakat qildim. Meni qo'llab-quvvatlagan barchaga tashakkur. 

- Mirjalol Qosimov ikkinchi davraga tayyorgarlik vaqtida sizni o'z rejalariga kiritganmidi, ketish qarori tasodifan yuz bermagan bo'lsa kerak?

- Balki Mirjalol Qosimovning rejalariga kirmagandirmiz. Bilsangiz, tarkib bilan bog'liq limit belgilangan. SHu sabab jamoani tark etdim. 

- "Lokomotiv" Pro ligada o'ynaydi. Bu foydalimi yoki aksincha? "Lokomotiv" varianti qachon paydo bo'ldi?

- Men uchun quyi ligada o'ynash birinchi marotaba hisoblanmaydi. 2011/12 yilgi mavsumda quyi ligada to'p tepganman. U vaqtlarda eslasangiz Pro liga degan narsa yo'q edi. Oddiy Birinchi liga, deb yuritilardi xolos. 2012 yil "So'g'diyona" bilan chempion sifatida elitaga yo'llanma olgan edik. "Lokomotiv" ketishimni eshitgan zahoti aloqaga chiqdi. Bunga qadar "Dinamo" ham o'z safida ko'rishni istayotgandi. Lekin oilaviy sabablarga ko'ra "Lokomotiv" variantini tanladim. 

- OCHLda o'ynaydigan jamoani Superligaga chiqish uchun kurashayotgan jamoaga almashtirdingiz. Bu kimning tavsiyasi bilan amalga oshdi? 

- Bilasizmi, jarohat olganingizdan keyin ko'p jamoa sizga ishonmas ekan. SHu sababli sport formamga kirib olib, yana Superligada o'ynashga intilaman. To'g'risi, 1 yil katta futbolsiz qolib ketdim. Bu futbolchi uchun ko'p muddat. Hammasi yaxshilikka, deb o'ylayman. 

- Umuman, jarohat olgan vaqtingizda futbolni tugatish xayoli keldimi? Aytganingizdek, jarohat olgan futbolchini hamma ham qabul qilishi qiyin. "Lokomotiv" murabbiylari bilan bu borada gaplashdingizmi?

- Tugatishni o'ylaganim yo'q. Xudoga tavakkal qilib yana kuchli bo'lib qaytish uchun harakat qildim. "Lokomotiv" murabbiylarining o'zi istagani ham katta rol o'ynadi. Jarohatdan qaytganimni bilishadi. Menga bildirilgan ishonchni oqlash uchun bor kuchimni ishga solishga tayyorman. "Lokomotiv" bilan 11 yil oldin "So'g'diyona"da amalga oshirgan ishimni yana takrorlashni, chempion bo'lib, jamoa bilan kuchlilar safiga qaytishni istayman. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика