So’nggi yangiliklar

15:50ПРО-Лига. Сўнгги тур! Барча ўйинлар битта саҳифада (Онлайн натижа)  2 15:19Расман: Фрэнк Лэмпард ўзига янги жамоа топди  0 14:18Исмоилов 3 та, Бошкович 2 та ўйинга четлатилди. Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  0 14:15Одилжон Ҳамробеков "Насаф"га ўтдими?   7 13:58"Арсенал" "Аталанта" ҳужумичисига эътибор қаратди  1 13:34Ди Мария ЕЧЛдаги ассистлар бўйича 2-ўринга чиқиб олди  4 13:07Де Йонг "Барселона"нинг янги шартнома борасидаги таклифини қабул қилмади  10 12:26Слот: "Ливерпуль" бундан ҳам яхшироқ ўйнаши мумкин эди"  14 11:51Бэйл: "Бугунги кунда Килиан Мбаппе — дунёнинг энг яхши футболчиси"  22 11:38Эшитдик-да! Ўзбекистон миллий терма жамоаси аъзоси "Нефтчи"га ўтади  17 10:55Лэмпард Чемпионшип жамоасини бошқаришга рози бўлди  2 10:45"Пахтакор" раҳбариятига таклиф: Қарс икки қўлдан чиқади. Черан клубни чиройли ва муносиб тарк этиши керак   13 10:28Анчелотти кечаги мағлубиятга изоҳ берди  40 09:53«Реал Мадрид» ЕЧЛ антирекордини ўрнатди  27 09:34EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум  8

Janubiy Koreyani uyiga jo'natgan Indoneziya OTJ kim boshqarayotganini bilasizmi? (Mutolaa uchun) Yangiliklar

Janubiy Koreyani uyiga jo'natgan Indoneziya OTJ kim boshqarayotganini bilasizmi? (Mutolaa uchun)

Indoneziya OTJ boshqarayotgan koreyalik murabbiy haqida qiziqarli maqola. Ular bejizga Qatardagi U-23 Osiyo kubogida yarim finalga yo'l olgani yo'q.

Aynan Janubiy Koreya futboli doim o'zining futbolchilari va murabbiylari bilan nom qozonib kelgan. Qolaversa, koreyalik murabbiylarning qitaning boshqa mamlakat terma jamoalarida ham faoliyat olib borayotganiga ham guvoh bo'lganmiz.  U-23 Osiyo kubogida indoneziyalik olimpiyachilarni koreyalik SHin Txe Yon boshqarmoqda. Ushbu mutaxassisning faoliyati, bizga bog'liq qiziqarli jihatlari ham bor. Quyida maqolani mutolaa qilish orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Bu yurt futbolining rahbarlari odatda terma jamoalarga, klublarga xorijdan ko'ra mahalliy mutaxassislarga ishonch bildirishni afzal ko'rishadi. Qaysidir manoda bu o'z samarasini beradi. Mamlakat sharafini xalqaro maydonda himoya qiluvchi klub va termalar doimiy tarzda sovrindorlar qatoridan joy olib kelishadi. SHunday murabbiylardan biri sanalgan SHin Txe Yon ham ham klub, ham terma jamoa miqyosida turli musobaqalarda zafar quchgan, uning boshqaruvidagi jamoa azolari doim tartibli o'yin namoiyish etib kelgan. 


Futbolchilik faoliyati

1987 yilda Koreyaning universitetlararo o'tkazilgan musobaqasida “Yonnam” oliygohi nomidan qatnashadi. Besh yil davomida havaskor futbol bilan shug'ullangan SHin Txe Yon 1992 yilda faoliyatidagi ilk professional shartnomaga imzo chekadi. Bu – “Seognam Ilva CHunma” jamoasi edi. U klubdagi o'zining debyut mavsumida 18ta uchrashuvda maydonga tushdi va 7ta gol bilan jamoa to'purarlari ro'yhatidan joy oldi. Yil yakunida esa futbolchi mavsumning kashfiyoti deya etirof etildi. Bu hali boshlanishi, oldinda qahramonimizni yanada muvaffaqiyatli mavsumlar kutardi. 1995 va 2001 yilgi mavsumda u K-Liganing eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq ko'riladi. 1996 yilgi mavsumda esa raqib darvozabonlarini 18 marotaba dog'da qoldirib, to'purarlar poygasida birinchi o'rinni egallaydi. Mazkur jamoada o'ynagan yillarida bir qancha kuchli klublarning jiddiy takliflariga rad javobini beradi va jamoasiga sodiqligini isbotlaydi. Jamoadagi 13 yillik faoliyati mobaynida 300ga yaqin o'yinda 80ga yaqin to'p kiritadi. SHoshmang, bu hali chempionat bahslaridagi natija. Kubok o'yinlarida esa jami 105ta bellashuvda qatnashib, 23ta gol urdi. To'qqiz bor Koreya chempionatining ramziy terma jamoasiga kiritildi. Umumiy hisobda olti bor xalqaro turnirlarda g'oliblikni qo'lga kiritadi. 

2005 yilda ilk bor legioner maqomini olgan o'yinchi Avstraliyaning “Kvinslend Roar” klubi bilan kelishuvga erishadi. Biroq, uning mamlakatdan tashqaridagi faoliyati ko'pga cho'zilmadi. Bitta o'yinda qatnashgan yarim himoyachi jiddiy jaroxat orttirib olgan, uning davolanishi uchun esa kamida ikki yil ketardi. SHuning uchun u kutishni istamadi va butsalarini mixga ilishga qaror qildi. 


Terma jamoadagi faoliyat

1987 yilda ilk marotaba o'smirlar terma jamoasiga qabul qilingan SHin Txe Yon o'sha yili Kanadad o'tkazilgan U-17 Jahon chempionatida qatnashadi. 1992 yilda esa olimpiya terma jamoasi bilan Barselonadagi olimpiya o'yinlariga boradi. Lekin, koreyaliklar musobaqada guruhdan chiqa olmaydilar. Xuddi shu yilning 21 oktyabrida bosh murabbiy Kim Xo uni milliy terma jamoaga BAAga qarshi uchrashuvga taklif qildi. Janubiy Koreya 1996 yilgi Osiyo kubogiga ushbu futbolchini yakuniy tarkibga kiritdi. Lekin, koreyaliklar chorak finaldayoq musobaqadagi yurishlarini to'xtatadilar. Barcha rasmiy turnirlarda u 23ta o'yin, 3ta gol natijasini qayd etdi. 

Murabbiylikdagi yutuqlar yoxud O'zbekiston va Samvel Babayan bilan yo'llarning kesishishi

Avstraliyada faoliyatiga yakun yasagan SHin “Kvinslend Roar”da Miron Bleybergning iltimosi bilan murabbiy sifatida ish boshlaydi. Tajriba va maxoratini oshirib borayotgan sobiq futbolchi 2009 yilda birinchi marotaba jiddiy jamoani boshqarish taklifini olgandi. Qabul qilib olgan klubi unga begona emasdi. O'zining qadrdon jamoasi “Seognam Ilva CHunma”ni ustozi bo'lish uning uchun sharaf hisoblanardi. O'zining falsafasi va uslubiga ega mutaxassis keyingi yili OCHLda shogirdlarini chempionlik sari etaklaydi. Salohiyati yuqori baholangan murabbiyni 2014 yil terma jamoa ustozi Xo Myon Bo o'ziga asosiy yordamchi qilib oladi. U nomalum sabablarga ko'ra ishtirok eta olmagan uchrashuvlarda esa SHin Txe Yon termani boshlab tushardi. Braziliyadagi Jahon chempionatida ham u Boga yaqindan bevosita ko'maklashdi, futbolchilarni taktik tomondan tayyorlashda asosiy ishni bajardi. Natijada keyingi yili unga Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasini berishdi. Saralashdan muvaffaqiyatli o'tgan koreyalik olimpiyachilar Qatardagi Osiyo chempionatida Yaman, Iroq va O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin oladi. Buni qarangki, ilk turda Samvel Babayan boshchiligidagi olimpiya jamoamiz Janubiy Koreya bilan to'qnash keldi. Biz uchun qoniqarsiz natija bilan tugagan o'yinda raqib 2:1 hisobidagi g'alabani tantana qilgani yodimizda. Hakam Faxad Al Mirdasiy birinchi bo'limda Koreya foydasiga penalti belgilagandi. O'shanda yarim himoyachimiz Otabek SHukurov jarima maydonchasi ichida ko'krak bilan to'xtatgan to'pini, referi qo'l bilan o'ynadi deb adashgandi. SHu tariqa finalgacha etib borgan Janubiy Koreya bosh sovrin uschun kechgan jangda Yaponiyaga yutqazdi. Lekin, asosiysi ular Rio olimpiyadasiga yo'llanmani qo'lga kiritishgandi. 

2018 yilgi mundial saralashining so'nggi turiga kelib Koreyaning mundial chiptasiga ega chiqishi tobora qiyinlashib borayotgandi. Qatardan uchralgan 2:3 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng Uli SHtilikega chiqish eshiklari ko'rsatildi. Qisqa muddat ichida xorijlik murabbiy jamoani shakllantira olmasligiga ko'zi etgan rahbarlar Eron va O'zbekiston bilan uchrashuvlardan oldin bugungi hikoya qilayotgan qahramonimizni yo'lboshchi etib tayinlaydi. U futbolchilarning aksariyatini juda yaxshi bilardi, muhim pallalarda tajribali o'yinchilarga suyanishga qaror qildi. Masalan, u ancha vaqt chaqirilmay kelayotgan faxriy futbolchi Li Dong Gukni termaga jalb qildi. Ohirgi turdan oldin o'tkazilgan o'yinlarda O'zbekiston safarda Xitoyga imkoniyatni boy beradi, Janubiy Koreya esa Eron bilan durangga rozi bo'ladi. Biz uchun hayot va mamot jangida raqibni durang, bizni esa faqat g'alaba qoniqtirardi. Lekin, ohiri nima bilan tugaganini yaxshi bilasiz. Buni qarangki Babayan va SHin Txe Yonni yo'llari ikkinchi bor kesishayotgandi. Har ikkisida ham u bizni maqsadimizdan dog'da qoldirib ketdi. 2023 yil U-20 Osiyo kubogi guruh bosqichida so'nggi turda Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoamiz koreyalik mutaxassis ustozlik qilayotgan yoshlar bilan 0:0 hisobida durang qayd etadi. 

Koreya futboli mutasaddilari ishonchini oqlashga intilayotgan mutaxassis Rossiyadagi Jahon chempionatiga ham termani o'zi tayyorlaydi va guruh bosqichida grand termalarga haqiqiy bosh og'riq bo'ladi. SHveciya, Meksika, Germaniya kabi jamoalarga munosib kurash taklif qiladi. SHveciyaga 0:1, Meksikaga 1:2 kichik hisoblarda mag'lub bo'lgani o'z yo'liga. Ammo, so'ngi uchinchi turda Yoaxim Lyov ustozligidagi “nemis mashinasi”ni o'ziga bo'ysuntirishini hech kim kutmagandi. Germaniyani faqat g'alabagina keyingi bosqichga olib chiqardi. Biroq, ohirgi daqiqalarda Noyerning qo'pol xatosi, himoyachilarning dovdirashi oqibatida amaldagi Jahon chempioni Osiyo qitasi vakillariga 0:2 hisobida yutqazadi. Mundialdan keyin SHin ajoyib shakllantirilgan jamoani portugaliyalik Paulu Bentuga topshirishga majbur bo'ldi. 

Mundialdan so'ng 2020 yil fevral oyida Indoneziya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Ayni paytda u milliy terma jamoa bilan birga Indoneziya U-20 va U-23 terma jamoalarini ham boshqarmoqda.  Agar bugun Saudiya Arabistonini yutsak yana janob SHinga ro'baro' kelamiz. Taqdir charxpalagi! 

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика