Janubiy Koreya U-17 bosh murabbiyi: "O'zbekiston taktik jihatdan kuchli jamoa"
04 okt 2022 13:59
Yangiliklar
Janubiy Koreya U-17 bosh murabbiyi: "O'zbekiston taktik jihatdan kuchli jamoa"
Unda Janubiy Koreya o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Byun Son Xvan ham qatnashdi va quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.


- Saralash bosqichidagi ishtirok haqida
- Avvalo, mehmondo'stlik uchun O'zbekistonga minnatdorchilik bildiramiz. Bizni juda ham yaxshi kutib olishdi. Bu bosqichda jamoamiz bilan eng yaxshi o'yinlarimizni ko'rsatamiz, deb o'ylayman.

- O'zbekistonga qarshi o'yin haqida
- O'zbekiston taktik jihatdan kuchli jamoa. Biz bu jamoani o'rgandik. Jamoada yaxshi futbolchilar bor. Mazkur bosqichda bizni asosiy raqibimiz ham aynan O'zbekiston hisoblanadi.

- Jamoa bu bosqichgacha qanday yig'inlar o'tkazgani haqida
- Biz asosiy etiborimizni Osiyo kubogiga qaratilgandik. Etarlicha tayyorlandik, deb o'ylayman. Saralash bosqichidan keyin Osiyo kubogi final bosqichi uchrashuvlariga tayyorgarlikni davom ettiramiz, degan umiddaman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar