Janubiy Koreya murabbiyi: "Futbolchi sifatida JCHda ishtirok etmaganman, buni murabbiy bo'lib amalga oshirmoqchiman"
06 iyu 2017 08:29
Yangiliklar
Janubiy Koreya murabbiyi: "Futbolchi sifatida JCHda ishtirok etmaganman, buni murabbiy bo'lib amalga oshirmoqchiman"
JCH-2018 saralashidagi O'zbekiston terma jamoasining raqibi Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi SHin Tae Yong futbolchilarni tanlashda o'yin uslubiga etibor qaratishini aytib o'tdi.
"Agar futbolchi mening uslubimga mos kelsa, u jamoa safida etarli darajada o'ynamagan bo'lsada, terma jamoaga taklif qilaman.
SHtilike va mening oramizda farq bor. Men futbolchilarni o'yin uslubimga mos kelish yoki kelmasligiga qarab tanlayman.
Futbolchi sifatida jahon chempionatida ishtirok eta olmaganim - mening armonim. Bu ishni endi murabbiy sifatida qilmoqchiman", - deydi SHin Tae Yong.
Eslatib o'tamiz, 31 avgust kuni SHin Tae Yong boshchiligidagi koreyslar o'z maydonida Eronni qabul qilishadi. 5 sentyabr kuni Janubiy Koreya Toshkentda O'zbekiston bilan o'ynaydi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди
Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти
АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди
ОЧЛ-2. "Андижон"нинг гуруҳдаги рақиблари ҳамда мураббий ва футболчиларнинг қуръага муносабати
Fikrlar