So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Janubiy Koreya Keyrushga o'zi xohlagan maoshni berishga tayyor Yangiliklar

Janubiy Koreya Keyrushga o'zi xohlagan maoshni berishga tayyor

Teglar :  Karlush Keyrush
Portugaliyalik murabbiy Karlush Keyrush haqidagi xabarlar kun sayin o'zgarib bormoqda.

Kuni kecha Keyrushning o'ziga boshqa ish topgani, endilikda u Jazoir milliy terma jamoasini boshqarishga tayyorligini yozgandik. Bugun esa bu murabbiyga Janubiy Koreya qiziqish bildirayotgani haqida xabar chiqdi.

Endilikda portugaliyalik mutaxassis Janubiy Koreya qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Malum bo'lishicha, J.Koreyaning "Hyundai" kompaniyasi rahbarining o'g'li CHung Mong Gyu murabbiy xohlayotgan maoshni to'lab berishga tayyor. Keyrush qaysi jamoada ishlamasin, yillik maoshi 3,5 million dollar bo'lishini xohlamoqda.

CHung Mong Gyu hozirda Janubiy Koreya futbol associaciyasi prezidenti hisoblanadi va juda katta mablag'ga ega insonlardan biri. Uning orzularidan biri terma jamoaga mashhur murabbiyni olib kelish. Xabaringiz bor, koreyaliklarni jahon chempionatida SHin Tae Yong boshqardi va endilikda associaciya uning o'rniga boshqa murabbiyni qidirmoqda. Nomzodlar orasida Keyrushdan tashqari Xuan Karlos Osorio bilan Zlatko Dalich ham bor. Lekin CHung Mong Gyu aynan Karlush Keyrush kelishini istayapti.

Aytib o'tganimizdek, CHung Mong Gyuning otasi CHung Ju Yung mashhur "Hyundai" kompaniyasi rahbari hisoblanadi hamda uning boyligi "Forbs" jurnali tomonidan bir milliard dollardan ziyod baholangan.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика