So’nggi yangiliklar

17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  1 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  5 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  7 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  13 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  4 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  5 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  3 13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  3 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0

Janubiy Koreya futbol associaciyasi prezidenti: "2022 yilda O'zbekiston Jahon chempionatida ishtirok etishiga ishonaman" Yangiliklar

Janubiy Koreya futbol associaciyasi prezidenti: "2022 yilda O'zbekiston Jahon chempionatida ishtirok etishiga ishonaman"

Teglar :  CAFACHung Mong Gyu
Xabaringiz bor, 24 fevral kuni Toshkentda CAFA (Markaziy Osiyo, Eron, Afg'oniston Futbol Associaciyalari) Kongressi bo'lib o'tdi.

Mazkur kongressda ishtirok etgan Janubiy Koreya futbol associaciyasi prezidenti CHung Mong Gyu “UZREPORT TV” telekanaliga bergan eksklyuziv intervyusida o'zbek futbolidagi islohotlarni yuqori baholashini aytib o'tdi.

“O'zbekistonga ko'p tashrif buyurganman. Mamlakatingiz menga yoqadi. Toshkentga yana bir bor kelganimdan mamnunman. Men KAFA kongresida FIFA kengashi azosi sifatida ishtirok etdim. Osiyo qitasining Xalqaro futbol Associaciyalari federaciyasidagi vakiliman. Qitamizdagi futbolga oid o'zgarishlar, kamchiliklar va yutuqlar haqida FIFAni xabardor qilib boraman.

O'tgan yili O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan Seulda hamda Bangkokda uchrashganmiz. Uchrashuv chog'ida tajriba almashganmiz va bir qator muzokaralar olib borganmiz. Mening fikrimcha, O'zbekiston Osiyoda katta salohiyatga ega. 2022 yilda O'zbekiston Janubiy Koreya bilan birgalikda Jahon chempionatida ishtirok etishiga ishonaman. Biz birgalikda qita futboli rivojiga hissa qo'sha olamiz.

O'zbekistonda futbol jadallik bilan rivojlanmoqda. Nafaqat futbolda, balki hakamlik borasida ham. Bunga misol tariqasida Ravshan Ermatovning xalqaro arenalardagi muvaffaqiyatini ko'rsatib o'tish mumkin. O'zbekiston va Janubiy Koreyaning bir biridan o'rganadigan jihatlari talaygina.

O'zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoev futboldagi korrupciyaga qarshi kurashga jiddiy etibor bermoqda. Men buni ijobiy baholayman. Futboli rivojlangan mamlakatlarda ham kelishilgan o'yinlar uchrab turibdi. Mazkur jiddiy masala hal qilinmasa, futbol inqirozga yuz tutishi tayin.

O'zbekistonda olib borilayotgan ishlar, islohotlar menda katta taassurot qoldirmoqda. Umid Ahmadjonov rahbarlik qilgan paytda O'zbekiston paralimpiyachilari Rioda 31ta medal, jumladan, 8ta oltin medalni qo'lga kiritgan edi. Bu ajoyib natijani etirof qilish zarur. SHuningdek, O'zbekistonning 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilari Xitoyda Osiyo chempioni bo'lganini shaxsan guvohi bo'lganman. Bu futbolchilar va murabbiylarning mashaqqatli mehnati samarasidir. Olib borilayotgan to'g'ri siyosatsiz bu muvaffaqiyatlarga erishib bo'lmas edi, deb hisoblayman”, - deydi CHung Mong Gyu.


Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика