Janni Infantino O'zbekistonni jahon chempionati yo'llanmasi bilan tabrikladi
06 iyu 00:13
Yangiliklar
Janni Infantino O'zbekistonni jahon chempionati yo'llanmasi bilan tabrikladi
FIFA prezidenti Janni Infantino O'zbekistonni FIFA Jahon chempionati yo'llanmasi bilan tabrikladi.
"O'zbekiston, FIFA Jahon chempionatiga xush kelibsiz! Sizni 2026-yilda Kanada, Meksika va AQSHda bo'lib o'tadigan FIFA Jahon chempionati tarixiy yo'llanmasini qo'lga kiritganingiz bilan chin dildan tabriklayman!
O'zbekiston FIFAga 1994-yilda azo bo'lganidan buyon Olimpiada o'yinlari, yoshlar o'rtasidagi bir nechta FIFA musobaqalarida ishtirok etib, munosib natijalar ko'rsatib kelmoqda. Endi esa ajoyib saralash bosqichidan so'ng sizlar haqli ravishda kelasi yozda o'tkaziladigan mundialda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldingiz. Dunyo bo'ylab millionlab muxlislar “Oq bo'rilar”ning jahon sahnasidagi debyutini intiqlik bilan kutishmoqda", — deyiladi tabrikda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar