So’nggi yangiliklar

13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  0 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  3 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  4 11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  8 09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1 09:01Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  20 08:33"Пахтакор" "Сурхон"ни қийинчилик билан мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:07Суперлига. Бугун 23-тур якунланади  9 07:30Суперлига. "Пахтакор" – "Сурхон" 1:0   0 01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  15 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  10

Jamshid Boltaboev: “O'ng qanot himoyadan ko'ra markazda o'ynash ko'proq yoqadi” Yangiliklar

Jamshid Boltaboev: “O'ng qanot himoyadan ko'ra markazda o'ynash ko'proq yoqadi”

Teglar :  Jamshid Boltaboev
U23 Osiyo chempionatining birinchi tur bellashuvlari o'z yakuniga etdi. Bugun ikkinchi turga start beriladi.

Bugun hamkasblarimiz bilan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi joylashgan mehmonxonaga tashrif buyurdik. Bu erda Jamshid Boltaboevdan intervyu oldik.

- Jiddiy jarohat tufayli bir yil o'ynay olmadingiz. Maydonga qaytishingiz og'ir o'yinga to'g'ri keldi. Maydonda qiyinchilikka duch kelmadingizmi?
- O'yinda juda qiyin bo'ldi deyolmayman. CHunki, Osiyo chempionatidan oldin bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarida o'ynadim. To'g'ri o'rtoqlik uchrashuvi rasmiy o'yindan katta farq qiladi. Janubiy Koreya bilan bazi vaziyatlarda tezlik bobida raqibga yutqazib qo'ydim, o'ylaymanki bu vaqtinchalik holat.

- Garchi “Paxtakor” tarkibida o'ng qanot himoyasida harakat qilgan bo'lsangiz ham sizning asosiy poziciyangiz boshqa. Janubiy Koreyaga qarshi o'ng qanot himoyasida harakat qilish noqulaylik tug'dirmadimi?
- O'ng qanot himoyasida noqulaylikni his qilmadim. Tan olaman ayrim vaziyatlarda meni qanotimdan xavfli hujumlar o'tib ketdi. Lekin, qanot himoyasida o'zimni erkin his qildim. Murabbiy o'yinga qarab qaysi joyga qo'ysa o'sha joyda bor kuchim bilan o'ynashga harakat qilaman.


- O'yin davomida qanot himoyasidan hujumchi ortiga o'tdingiz. Qaysi chiziqda o'ynash osonroq?
- Menimcha, o'ng qanot himoyasida harakat qilish osonroq. CHunki, markazda ko'proq yugurishga to'g'ri keladi. SHunga qaramay, menga markazda o'ynash ko'proq yoqadi.

- Hakam sizga qizil kartochka ko'rsatgan vaziyatda raqib oyog'ini butsaning tag qismi bilan bosib olgan ekansiz...
- O'sha vaziyatda raqibga jarohat etkazaman deb to'pga tashlanmagan edim. Raqib to'pga mendan oldin etib bordi, men esa oyog'imni olib qolishga ulgurmadim. O'yin payti maysani bosdim deb o'ylagan edim, uchrashuvdan keyin takroriy lavhalarda chindan ham koreys futbolchisining oyog'ini bosib olganimni ko'rdim. SHunga qaramay, hakam birinchi marta qoida buzganimni inobatga olib sariq kartochka ko'rsatsa ham bo'lardi menimcha, ilk qo'pollikdayoq keskin jazoladi.

Tolibjon Qosimov suhbatlashdi
Doha, Qatar

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика