So’nggi yangiliklar

03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  2 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  4 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  3 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  33 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  5 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  5 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2

Jaloliddin Masharipov: "Avstraliyadan qo'rquv yo'q, alamimiz bor" Yangiliklar

Jaloliddin Masharipov: "Avstraliyadan qo'rquv yo'q, alamimiz bor"

Osiyo Kubogi nimchorak final doirasidagi Avstraliya - O'zbekiston uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumani terma jamoamiz futbolchisi Jaloliddin Masharipov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Musobaqadagi dastlabki bahsda bizda ozgina hayajon sezildi. Lekin Turkmanistonga qarshi o'yindan keyin o'zimizga bo'lgan ishonch ancha ortdi. Uchinchi bahsda garchi Yaponiyadan mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, biz yaxshi o'ynadik. Mazkur mag'lubiyat o'zimizga bo'lgan ishonchni yo'qotmaydi. Avstraliyaga bilan o'yin oldidan o'z kuchimizga bo'lgan ishonch yuqori. Hech qanday qo'rquv yo'q

Avstraliya terma jamoasiga qarshi qanday o'ynashimiz sirini ochishni istamayman. CHunki Avstraliyalik jurnalistlar ham poylab o'tirishibdi. Biz ularning zaif nuqtasini bilamiz va nimaning evaziga mag'lub etish haqida ham etarlicha tasavvurimiz bor. Buni ertaga maydonda amalda ko'rsatishga harakat qilamiz. Hozir esa kartalarni ochib tashlamoqchi emasman. O'yindan oldin murabbiylar shtabi bizga aniq ko'rsatmalarni berishadi. SHu reja bo'yicha maydonga tushamiz.

Avstraliyadan uchralgan o'sha mashhur mag'lubiyat? U paytlar yosh bola bo'lganmiz va uchrashuvni televizor orqali tomosha qilganman. O'tgan o'yin bilan hozirgi davrni solishtirmagan bo'lardim. Lekin ichimda o'sha mag'lubiyat alami qolgan. Ertaga o'sha mag'lubiyat alamini olish uchun ham yanada kuchliroq ishtiyoq bilan o'ynaymiz", - deya gapirib o'tdi Jaloliddin Masharipov.

SHu payt xorijlik jurnalistning savoliga javob berayotgan Masharipovning gapiga Ektor Kuper qo'shimcha qildi va quyidagi fikrlarni bildirdi:
"Men 8 marotaba finalga chiqqanman va yutqazganman. Lekin bu mag'lubiyatlar meni yana finalga chiqish istagimni yo'qotgani yo'q. Men yana finalga chiqishni xohlayveraman".

Ektor Kuper ishtirokidagi matbuot anjumani

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика