Jalil Kimsanov: "Neftchi"ning asl shon-shuhratini tiklashga harakat qilamiz"
10 fev 2018 15:59
Yangiliklar
Jalil Kimsanov: "Neftchi"ning asl shon-shuhratini tiklashga harakat qilamiz"
- Avvalo menga ishonch bildirib jamoaga taklif qilgan murabbiylarimizga rahmat aytmoqchiman. "Neftchi" murabbiylaridan tushgan taklifdan so'ng o'zimni viloyatning bosh jamoasi safida sinab ko'rishga ahd qildim. "Neftchi"da to'p surish har bir farg'onalik futbolchining orzusi desam adashmasam kerak. Taassurotlarim yaxshi. Men o'zimga berilgan bu imkoniyatdan foydalanib "Neftchi"ning asl shon-shuhratini tiklashga o'z xissamni qo'shmoqchiman.
SHu o'rinda meni bu jamoaga o'tishimga rozilik bildirgan "Qo'qon-1912" jamoasi rahbariyatiga, shaxsan No'mon aka Hasanovga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. O'z ona shahrim bo'lgan Qo'qon jamoasiga kelayotgan mavsumda omad yor bo'lishini tilayman. O'ylaymanki "Qo'qon-1912" ham "Neftchi" ham bu mavsumda o'z muxlislarini xursand qiladi.
Muxlislarimizdan stadionga kelib jamoamizni qo'llab turishlarini iltimos qilaman - deydi Jalil Kimsanov
"Neftchi" matbuot xizmati
Fikrlar