So’nggi yangiliklar

18:23Интервью. Андрей Шипилов: "Уч йил ҳеч қаерда кўзга ташланмадим, "Зенит"да малака оширдим"   0 17:57АПЛнинг ноябрдаги энг яхши мураббийи аниқ  2 17:35АПЛнинг ноябрдаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:14"Бавария" "Боруссия Д" ҳимоячиси билан музокаралар олиб бормоқда  0 16:34"Ливерпуль" ПСЖ вингерини Салоҳга ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 15:59Бундеслиганинг ноябрь ойидаги энг яхши ўйинчиси аниқланди  1 15:32"Фенербахче" сардори ҳибсга олинди. У нимада айбланмоқда?  1 15:05"Қўқон-1912" грузиялик ярим ҳимоячи билан ҳамкорликни давом эттиради  1 14:44"Ювентус" ва "Интер" Украина терма жамоаси етакчисига қизиқиш билдирмоқда  0 14:10"Манчестер Юнайтед" молиявий ҳисоботни тақдим этди. Рэтклиффнинг кескин қарорлари қандай самара берди?  0 13:37Муҳаммад Салоҳ Саудияда ўйнаган собиқ жамоадоши билан учрашди  6 13:06"Динамо" яна бир дарвозабон билан келишувни узайтирди  0 12:58Суперлига-2025. Уйда Сергеев, меҳмонда Норчаев гол уришни яхши кўради  1 12:36TVCOM'да бугунги тақвим: Бокс бўйича ЖЧда финал жанглари ва бошқалар  1 12:03"Қўқон-1912" ўз легионери билан шартномани 2 йилга узайтирди   0

Jahongir Usmonov - Ezgu maqsad xalqaro xayriya fondiga boshqaruv raisi etib tayinlandi Yangiliklar

Jahongir Usmonov - Ezgu maqsad xalqaro xayriya fondiga boshqaruv raisi etib tayinlandi

O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Nig'matovich Aripov raisligida bo'lib o'tgan Ezgu maqsad xayriya jamoat fondi Vasiylar kengashi azolari ishtirokidagi yig'ilishda fondga boshqaruv raisi tayinlandi.

Bu lavozimni endilikda marhum senator, davlat va jamoat arbobi Mirabror Usmonovning o'g'li Jahongir Usmonov egalladi.

Fond mamlakatimizda sog'lom avlodni tarbiyalash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami, bemor va imkoniyati cheklanganlarni moddiy hamda manaviy qo'llab-quvvatlash, ularni mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida to'laqonli ishtiroki uchun zarur shart-sharoitlar yaratish kabi qator ezgu ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Fond tashkil etilganiga ko'p vaqt o'tmagan bo'lsa-da (2017 yil), respublikamiz va xorijiy shifoxonalarda zamonaviy va sifatli tibbiy yordam ko'rsatilishi orqali 50 kishining hayoti saqlab qolindi, ular orasida ko'plab voyaga etmagan jajji vatandoshlarimiz ham bor.



«Ezgu maqsad» xalqaro xayriya fondining yangi rahbari Jahongir Mirabrorovich Usmonov 1968 yil Toshkent shahrida tug'ilgan. Malumoti oliy. U Toshkent irrigaciya va qishloq xo'jaligini mexanizaciyalash muhandislari instituti hamda Avstraliya biznes kollejini tamomlagan.

Jahongir Usmonov 1995 yildan buyon «ARDUS» qo'shma korxonasining bosh direktori va «ILK PLYUS» investorlar uyushmasi azolari umumiy yig'ilishi boshqaruvi raisi vazifalarida ham ishlab kelmoqda. SHuningdek, u mazkur fond tashkil etilgandan buyon boshqaruv azosi hisoblanadi.

U 10 yildan ortiq vaqt mobaynida O'zbekiston futzal Associaciyasi vice-prezidenti lavozimida ishlagan. Faoliyati davomida futzal bo'yicha mamlakat milliy terma jamoasi bir necha marta Osiyo chempionati sovrindori bo'lishi barobarida O'zbekiston tarixida ilk bor jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan. Hozirda u Osiyo futbol konfederaciyasi qo'mita azosi ham hisoblanadi.

Jahongir Usmonov sport sohasida erishgan yutuqlari uchun «O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.



Aytish joizki, «Ezgu maqsad» xalqaro xayriya jamoat fondi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami, bemor va imkoniyati cheklanganlarni moddiy hamda manaviy qo'llab-quvvatlash kabi tashabbuskorlik qilishda imkon qadar jonbozlik ko'rsatmoqda. Umidsizlarga umid, bemorlarga salomatlik, moddiy yordam ko'rsatib, ularning yuzidagi tabassum, ko'zidagi quvonch, orzulari ro'yobi uchun qanot bo'lmoqda.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика