So’nggi yangiliklar

07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  2 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  0 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  8 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  5 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  11 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8

Jahongir Jiyamurodov: "So'g'diyona"ga qarshi ko'rsatgan o'yinimiz uchun muxlislardan uzr so'raymiz" Yangiliklar

Jahongir Jiyamurodov: "So'g'diyona"ga qarshi ko'rsatgan o'yinimiz uchun muxlislardan uzr so'raymiz"

"Mashal" klubi etakchisi Jahongir Jiyamurodov "So'g'diyona"ga qarshi (0:0) bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi navbatda "So'g'diyona"ga qarshi Muborakda bo'lib o'tgan o'yin uchun muxlislardan uzr so'raymiz. Haqiqatdan ham o'zimizga o'xshamagan va mazmunsiz o'yin ko'rsatdik. Bunda butun jamoaning aybi bor. Qanday qilib butun o'yin davomida bir marta ham yaxshi vaziyat sodir etmaslikni men tushunmadim. O'ylashimcha bu chempionatda ko'rsatgan eng yomon o'yinimiz bo'ldi. Bunga eng asosiy sabab deb men faqatgina bir narsani aytishim mumkin. O'zimiz o'yindan oldin raqibni engganimizni his qilgandek maydonga tushdik. Bu esa qimmatga tushganini ko'rdik. Futbolda kuchsiz raqib bo'lmaydi. Faoliyatim davomida buni yana bir bor isbotini ko'rdim" , - deydi Jiyamurodov.

"Olmaliq" va "Neftchi" ustidan qozonilgan g'alaba barchamizga ijobiy tasir o'tkazib Qo'qonda ham g'alaba uchun maydonga tushgan edik. Afsuski Qo'qondagi juda ham omadsiz o'yin keyingi uchrashuvga ham tasir o'tkazdi. "Qo'qon-1912"ga imkoniyatni boy berdik. Buni tan olamiz lekin bu  o'yinda raqibdan bir necha barobar yaxshiroq o'ynagan edik. Buni o'yinni ko'rgan barcha tasdiqlashi mumkin lekin haqiqiy omadsizlikka uchradik. "So'g'diyona"ga qarshi esa ruhiy tayyorlana olmadik. Ko'rsatgan o'yinimizda esa hech qanday mazmun chiqmadi. Bunga sabab "So'g'diyona"ni himoyadagi o'yini ham bo'lgan bo'lishi mumkin"

"Hozir turnir jadvalida umuman o'zimizga mos o'rinda emasmiz. Ayni vaqtgacha yo'qotilgan ochkolarni o'ylab chiqaman. Yigitlar o'zini qo'lga olib olishi kerak. Bundan keyin maksimal kuch bilan har bir ochko uchun kurashish zarur. Biz mavsum boshida boshqacha maqsadlarni qo'ygan edik. Bazi o'yinlarda yo'qotgan ochkolarimiz o'ylab o'yimga eta olmayman"

"O'yindan so'ng bazi futbolchilarimizni muxlislar bilan munosabati yaxshi bo'lmadi. Muxlis bizni o'yindan qoniqmadimi demak u haq. Muxlis hamisha men uchun birinchi o'rinda. Bir necha klublarda maydonga tushdim. Muxlisni futbolchi har qanday sharoitda hurmat qilishi kerak. Seni bugun haqorat qilganlarga minnatdorchilik bildir va keyingi o'yinda bu haqorati xato ekanligini o'zi tushinib etsin va seni qo'llab-quvvatlasin. Axir futbolchi muxlissiz hech kimku ? Biz shularni deb maydonga tushamiz. Ular bekordan bekor haqorat qilmaydi. Jamoadoshlarimiz nomidan uzr so'rayman. Muboraklik muxlislar menga hamisha qadrdor bo'lgan. O'zimni muboraklik deb tasavvur qilaman. Muxlislarimizni keyingi o'yinda bizni qo'llab-quvvatlashga chaqiraman. O'ylaymanki o'tgan o'yinda yo'l qo'ygan kamchilikni to'g'rilaymiz va ularni xursand etamiz"

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика