So’nggi yangiliklar

12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  0 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  0 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  0 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   10 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3 07:52Осиё кубоги. Бугун аёллар терма жамоамиз ЖЧ йўлланмасини қўлга киритишлари мумкин  8 05:53Ироқ чемпионати. Темировнинг бенефисига айланиб кетган баҳсда "Арбил" навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  11 01:214 йўқотиш ҳақида Тудор: "Бунинг учун ҳам йиғлаш, ҳам курашиш керак"  5 00:57Каррагер МЮ учун мос мураббий номини айтди  6 00:31Левандовски нега "Барселона"га ўтганини айтди  7 00:12Микель Артета: "Барселона" "Ньюкасл" билан ўйинда Испаниядаги каби 1000 та пас ўйнай олмади"  21

Jahongir Jiyamurodov - "Guliston" bosh direktori Yangiliklar

Jahongir Jiyamurodov - "Guliston" bosh direktori

"Guliston" klubi qayta tiklanib, yangi mavsumni Birinchi ligada boshlaydigan bo'lgan.

"Klubga sirdaryolik sobiq futbolchi va mutaxassis Jahongir Qudratovich Jiyamurodov bosh direktor etib tayinlandi. 

Jahongir Jiyamurodovga katta masuliyat yuklanganini malum qilib, Sirdaryo futbolini birgalikda yangi darajaga olib chiqish, klub murabbiylari shtabi bilan hamjihatlikda yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rishni tashkil etish yo'lida omad tilab qolamiz.

Professional futboldagi faoliyatini 2003 yilda "Mashal"da boshlagan. Muborakliklar bilan 2005 yil chempionatda vice-chempion bo'lgan, 2006 va 2008 yilda jamoa safida 3-o'rinda mavsumni yakunlagan. 2009 yildan «Nasaf» azosiga aylangan. 2010 yil (3-o'rin), 2011 yil (2-o'rin) va OFK Kubogi g'olibi bo'lgan. 2014 yilda "Neftchi" va OKMK klublarida to'p tepgan. 2015 yil yana "Mashal"ga qaytgan. Keyinchalik "So'g'diyona" va "Sho'rtan" jamoalarida o'ynagan. O'zbekiston milliy hamda Olimpiya jamoalarida ham to'p tepgan.

2018 yildan murabbiylik faoliyatini boshlab, "Zomin"ni 1-ligadan Pro ligaga olib chiqqan. "Rubin"ni boshqargan. 2023 yilda esa "Yangier" bilan ishlagan. 2025 yilda BO'SMda futbol bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimida mehnat qilib kelayotgandi. 2025 yilning noyabridan esa "Guliston" klubi bosh direktori lavozimiga tayinlangan.

2011 yilda O'zbekiston mustaqilligining 20 yillik ko'krak nishoni sohibi bo'lgan", – deyiladi klub xabarida.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
24 fev 11:52:51
Abdulaziz Turdibekov
Akbar Umarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Bir paytlari Ma'shalda o'ynagan hamda yoshini kichraytirgan Jahongir mana oxiri bosh murabbiy bo'libdi.
qayerga bosh murabbiy bo'libdi bosh direktor diyilebdi
   
24 fev 06:57:00
TEMUR
Davrida zoʻr oʻyinchi boʻlgan lekin juda qisqa
   
23 fev 13:50:14
Akbar Umarov
Bir paytlari Ma'shalda o'ynagan hamda yoshini kichraytirgan Jahongir mana oxiri bosh murabbiy bo'libdi.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика