Jahon chempionati 2-turi so'nggi kunida 14 gol urildi. Bunaqasi so'nggi bor 28 yil oldin bo'lgandi
25 iyu 2018 07:33
Yangiliklar
Jahon chempionati 2-turi so'nggi kunida 14 gol urildi. Bunaqasi so'nggi bor 28 yil oldin bo'lgandi
Kecha, 25-iyun sanasida futbol bo'yicha Jahon chempionatining 2-tur bahslariga yakun yasaldi.
Kun doirasida 3 ta o'yin o'tkazildi. Angliya Panamani 6:1 mag'lub etdi, Yaponiya va Senegal 2:2 hisobida durang o'ynadi. Kolumbiya esa Polshani 3:0 ko'rinishida yutdi.
Umumiy hisobda bir kun doirasida 14 ta gol urildi. Bunday natija so'nggi 28 yil ichida qayd etilmagan edi. So'nggi bor mundial bir kunida urilgan 14 ta gol 1990 yilda sodir bo'lgandi. Malumot uchun bunday statistika bir kunda 3 ta o'yin o'tkazilishga qarab tuzilgan.
Fikrlar