So’nggi yangiliklar

15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  1 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  8 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  7 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4

Jafar Irismetov: "Rossiya matbuotida chop etilgan intervyudagi barcha gap o'zimga tegishli" Yangiliklar

Jafar Irismetov: "Rossiya matbuotida chop etilgan intervyudagi barcha gap o'zimga tegishli"

Teglar :  Jafar IrismetovObod
"Obod" - "Andijon" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Jafar Irismetov o'z fikrlarini bildirdi.

"Muxlislarimizni tabriklayman. Kutilgan o'yinni namoyish etdik, ammo birinchi bo'limdagi qizil kartochka rejalarimizni o'zgartirib yubordi. "Andijon"dan boshqacha o'yin kutgandik.

Eng muhimi o'zimizga kerakli bo'lgan ochkoni qo'lga kiritdik. Jamoada ichki muhit yaxshi, aks holda bugun 10 kishi bo'lib qolib yutqazib qo'ygan bo'lardik.


- Yaxshi o'ynab turgan Norxonovni almashtirdingiz...
- Norxonov oyog'ida muammo borligi uchun almashtirishimizni so'radi. SHu bois uning o'rniga boshqa hujumchi Alisher SHog'ulomovni maydonga tushirdik. Bugun "Obod" ko'rsatgan o'yindan qoniqish hosil qildim. Bugun maydonda nima bo'lganini barcha ko'rdiku.

- Yaqinda Rossiya saytida sizning intervyuingiz chop etildi. U erdagi barcha gaplar siznikimi yoki bo'rttirilganmi?
- Rossiya matbuotida chop etilgan intervyuda barcha gap o'zimga tegishli. Biroq bazi o'zbek saytlari buni biroz bo'rttirib yuborishdi. Men terma jamoa yoki murabbiy haqida fikrimni bildirmagan edim. O'zbekistonning o'smirlar va yoshlar terma jamoalarining Jahon chempionatiga chiqa olmagani uchun bolalar futbolida pasayish bo'layotganini aytgandim. O'zimning bolalarim ham futbol o'ynashadi. Barchasini ko'rib turibman. Jurnalistlarimiz meni Samvel Babayanga qarshi qilib qo'yishdi. Bor gap shu", - deydi Jafar Irismetov.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика