So’nggi yangiliklar

01:54ОФК йилнинг энг яхшиларини эълон қилди  2 01:11"Forbes" йилнинг энг кўп маош олувчи футболчилари рейтингини эълон қилди  0 00:47Рўзиқул Бердиев: "Фабио Каннаваронинг ўйинга келгани ёқимли. Бироқ бу қаердадир ҳалақит қилиши ҳам мумкин"  0 00:31Пикфорд клуби билан шартномасини узайтирди  0 00:13Рафинья "Реал"га қарши ўйнаши мумкин  0 23:51Қозоғистонда футболчи ўйин вақтида вафот этди  2 23:18Баҳром Ҳайдаров: "Камида дуранг билан қайтишни ният қилгандик"  2 21:50Футзал. Ўзбекистон ўртоқлик учрашувида Қозоғистондан устун келган ўйиндан галерея  0 21:25Суперлига. "Насаф" ўз майдонида "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  60 20:23"Ўзбекистон бу салоҳияти билан 3-4 маротаба Жаҳон чемпионатига чиқиши керак эди" — Қозоғистонлик журналист Ербол Каиров билан интервью   13 19:55Сульшер Европа жамоасида иш бошлаши мумкин  2 19:27"Барселона" ҳимоячиларидан бирига янги шартнома тайёрламоқда  1 19:01Манба: Германия клуби "Сўғдиёна" футболчисига қизиқмоқда  6 18:40Айбек Нурбаев: "Жайхун" футболчилари маҳаллий болалардан тузилган, аксарияти энди футболга қадам босган"  0 18:28Ўзбекистон футзал терма жамоаси Қозоғистон устидан ғалабага эришди  7

Jafar Irismetov: "Futbolchilar olingani chempionlikni anglatmaydi" Yangiliklar

Jafar Irismetov: "Futbolchilar olingani chempionlikni anglatmaydi"

Yangi mavsumga yuqori maqsadlarni ko'zlagan "Neftchi" endi nafaqat tarkibda, balki rahbariyatda ham o'zgarishlarni amalga oshirdi.

Tajribali mutaxassis Jafar Irismetov Farg'ona klubida bosh menejer sifatida ish boshladi. Biz bu borada Jafar Irismetovning fikrlari bilan qiziqdik.


- "Paxtakor"ni tark etganingizdan so'ng katta futbolga yani ish jarayoniga qaytdingiz. Bu payt ichida sizda "Neftchi", "Bunyodkor"dan takliflar bo'ldi. Nima uchun bu o'tishlar avvalroq amalga oshmadi, qanday omillar to'sqinlik qilayotgandi?

- "Paxtakor"ni tark etganimdan so'ng biroz dam oldim. 5 yil davomida klub bilan ancha yutuqlarga erishdik. Bir yildan so'ng ko'p jamoalardan takliflar bo'ldi. Ayrim sabablarga ko'ra kelisha olmadik. Qaerdadir qarashlarimiz to'g'ri kelmadi. Mana "Neftchi"da ish boshladik, o'ylaymanki yaxshi jamoa tuzgan holda munosib natijalar ko'rsata olamiz. 

- Umuman klubdagi vaziyat, o'zingizni talablaringizga mos sharoit barchasi to'g'ri keldimi?

- "Neftchi"dan 2 yil avval ham taklif bo'lgan edi. Ayrim omillar hisobiga ishlashimiz nasib qilmagan ekan. Klubda qilinadigan ishlar ko'p. Sekin-asta kamchiliklarni bartaraf etamiz. Oldimizga qo'yilgan maqsad ikki yil ichida yaxshi natija qayd etib, yoshlarga etibor berish. Umuman olganda har tomonlama tayyor chempion jamoani shakllantirishimiz kerak. 

- Ishni esa tarkibni kuchaytirishdan boshlab yubordingiz. Tarkibni yig'ishda nimalar ko'proq etiborga olinmoqda? Yana kuchayish  jarayoni davom etadimi?

- Vitaliy Levchenkoning o'yin uslubidan kelib chiqib tarkibni shakllantiryapmiz. Baribir u bosh murabbiy. Deylik har bir murabbiy o'ziga mos futbolchi olishni istaydi. "Neftchi"da avvalgi yillarda himoya chizig'i doim kuchli bo'lgan, hujumda esa aksincha muammolar ko'p kuzatilgan. Bu poziciyaga Toma Tabatadze, Zoran Marushich kabi futbolchilar jalb qilindi. Jamoani kuchaytirish uchun maksimal harakat qilamiz.

-  Oldinda yana qanday o'zgarishlar, qilinadigan ishlar kutilmoqda? Sport direktori sifatida "Paxtakor"da chempionlikni ko'lga kiritgansiz. "Neftchi"da yangi mavsumda ambiciyalar qanday bo'ladi?

- Hozir faqat tanishish jarayoni ketmoqda. Infratuzilma bilan tanishib chiqmoqdaman. Yoshlar, o'rinbosarlar jamoalariga alohida etibor qaratilishi zarur. Bu jamoalardan qattiq selekciya olib boriladi. Ikki yil ichida ularni "Neftchi" bosh jamoasiga jalb qilish vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Bir yil ichida qilamiz deyish noto'g'ri. Hozirgi vaqtda "Neftchi" chempionlik uchun kurashadi. SHu bois bu jarayon biroz qiyinroq kechadi. 

-  Tashkiliy tomondan "Neftchi"ni muammolar ko'p qiynab kelgan, qarzdorlik, legionerlar bilan shartnomalardagi muammolar va hokazo. Bu ishlar ham tartibga solinadimi?

- Bu ishlarni tartibga solmasak bo'lmaydi. CHempionlik uchun kurashadigan jamoada kamchilik, mayda detal qolib ketmasligi kerak. Birdaniga bartaraf etish oson ish emas. Biz ham bittada amalga oshishini istaymiz. Lekin ish jarayonida har bir muammoni echimini topishga harakat qilamiz. Kichik muammolarni endi o'rganishni boshladim. 1-2 kunda bitadigan ish emas. Har bir narsa soat mexanizimi kabi ishlasagina chempionlik haqida gapirishimiz mumkin. Futbolchilarni oldi degani chempionlikni anglatmaydi. Tashkiliy ishlarni to'g'ri yo'lga qo'yish, futbolchilar bilan muammolarni echish orqali kuchli jamoa shakllantiramiz, rahbariyatimiz katta etibor berayotganini takidlamoqchiman. Bu omil yani rahbarning futbolga qiziqishi ham ko'p narsalarga tasir qiladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика