So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Jafar Irismetov “Bunyodkor”ning finalga chiqish imkoniyatini yuqori baholamoqda Yangiliklar

Jafar Irismetov “Bunyodkor”ning finalga chiqish imkoniyatini yuqori baholamoqda

Malumki bugun, aniqrog'i yana bir necha soatlardan so'ng O'zbekiston Kubogining yarim final, ikkinchi juftligi, javob uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Unda poytaxtning ikki klub final yo'llanmasi uchun kurash olib boradi. “Bunyodkor” – “Paxtakor” uchrashuvi oldidan taniqli sobiq hujumchi Jafar Irismetovning fikrlari bilan qiziqdik. 

- Menimcha bugungi uchrashuvda “qaldirg'ochlar”ning imkoniyati yuqori. Sababi ular ilk uchrashuvda g'alaba qozonib, juda qulay imkoniyatni yaratib olgandi. Bugun “Paxtakor” kamida 2:0 hisobida g'alaba qozonishi shart. Ammo “Bunyodkor” bunga yo'l qo'yadimi yo'qmi, o'yin ko'rsatadi – deya gap boshladi Irismetov. 

- Bilasizmi chempionat bilan kubok o'yinidagi farq katta. Aytaylik chempionatda mag'lub bo'lsangiz keyinchalik, yana to'g'rilab ketishingz mumkin. Kubokda esa ikkita yoki bitta o'yinda hal qilish mumkin. SHuningdek gollar nisbati ham yuqori o'rin tutadi. Misol uchun kecha bo'lib o'tgan “Lokomotiv” – “Nasaf” o'yinini oladigan bo'lsak, “temiryo'lchilar” hisobni ochganidan so'ng, yana gol urishga qiynaldi. Bugun bu borada “Paxtakor”ga ham oson bo'lmaydi. “Bunyodkor” tarkibi asosan yoshlardan iborat bo'layotgani uchun ularga ko'pincha barqarorlik etishmayapti. SHunisi aniqki, har ikki klub ham finalga chiqish uchun borini berib o'ynaydi. “SHerlar” ham yaxshi jamoa. Ularda g'oliblik ruhi mujassam. 

- Ikkinchi finalchi nomalum bo'lib turgan bir paytda Kubokni kim yutishini aytish qiyindir. Agarda “Paxtakor” finalga chiqsa, “Nasaf” bilan uchrashuv qiziqarli va keskin o'tishini oldindin tahmin qilish mumkin. “Bunyodkor” chiqsa qarshiliklar g'olib chiqish ham mumkin. CHunki ularda tajriba ko'p. Anchadan buyon bir xil tarkib bilan ishtirok etib kelmoqda. Yana kim biladi deysiz. Bu shunchaki taxmin. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Asosiysi muxlislar finalda qaysi jamoa o'ynasa ham rohatlansin - deydi Jafar Irismetov.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика