So’nggi yangiliklar

01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  0 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  2 23:45Италия - Исроил  4 23:45Бельгия - Франция  0 23:45Германия - Нидерландия  2 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  12 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  6

Jadvaldagi tenglik: A Seriya 9-tur yakunlari Yangiliklar

Jadvaldagi tenglik: A Seriya 9-tur yakunlari

22 - 24 oktyabr kunlari Italiya chempionatining navbatdagi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

"Inter" va "Yuventus" murosa ko'chasini tanladi

ECHL o'yinlaridan so'ng har ikki klub Italiya derbisiga katta ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko'rishgandi, ammo o'yin ancha ehtiyotkor ruhda kechdi. SHunday bo'lsada, ilk xavfli vaziyat 10-daqiqadayoq yuzaga keldi. Morataning zarba berdi, Kellini takroriy urinishda to'pni darvozaga yo'llashiga Xandanovich yo'l qo'ymadi. "Inter"ning esa ilk tashlanishiyoq gol bilan yakunlandi. CHalxanolglu uzoq masofadan darvoza to'sinini poyladi, qaytgan to'p Jekoga tushdi va bosniyalik futbolchi mo'ljalda adashmadi. "Yuventus" o'tkazib yuborilgan goldan keyin to'pga ko'proq egalik qilishga urindi, biroq buning o'zi raqib darvozasi oldida vaziyat yaratish uchun kamlik qildi. Faqatgina Kuadradoning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini eslash mumkin.

Ikkinchi bo'lim boshida "Inter" oldinga o'tdi va Perishichda imkoniyat bo'ldi. Lekin o'yin asosan maydon markazida o'tardi. Uchrashuvni Paulo Dibalaning zaxiradan o'yinga qo'shilishi jonlantirib yubordi. "Yuventus" asta-sekin xavfli vaziyatga yaqin kelardi. Natijada, Dyumfris jarima maydonida beo'xshov harakat qildi va Aleks Sandroning oyog'iga zarba berib yubordi. Vaziyatni takroran ko'rgach, hakam penalti belgilashga qaror qildi. Paulo Dibala nuqtadan adashmadi. Bir qarashda durang har ikki jamoa uchun qoniqarli natijada, lekin bir vaqtning o'zida har ikki jamoa Italiya Derbisida bundan ko'prog'iga erishishlari mumkin edi.


"Milan" g'alaba qozondi

"Rossoneri" "Bolonya" bilan o'yinni ancha faol boshladi, bir nechta xavfli hujumlardan keyin jamoa maqsadiga erishdi. Ibragimovich qanotdan oldinga intilayotgan Leaoga to'pni tashlab berdi, Rafael jarima maydonchasi burchagidan darvoza to'qqizligini nishonga oldi. Yana bir necha daqiqa o'tib, Sumori qizil kartochka ishlab oldi va jamoasini yanada qiyin vaziyatda qoldirdi. "Milan" esa raqib himoyasiga bosimni davom ettirdi va buning uchun mukofotlandi. Uzoq davom etgan hujum davomida egasiz qolgan to'pga birinchi bo'lib Kalabriya etib kelib, kuchli zarb bilan uni to'rga joylab qo'ydi. Tanaffusgacha "Milan" oradagi farqni yanada oshirishi mumkin edi, ammo bunday bo'lmadi.

Tanaffusdan qaytgach, "Bolonya" darhol oradagi farqni qisqartirdi. Burchakdan oshirilgan to'pni Zlatan o'z jamoasi darvozasiga burib yubordi. Qizig'i, "Bolonya" bir necha daqiqa ichida muvozanatni tiklashga ham muvaffaq bo'ldi. Soriano o'z vaqtida to'pni Barrouga uzatdi va u birga-bir vaziyatda kiperni dog'da qoldira bildi. Malum vaqt o'tgach, "Bolonya" muxlislarini ranjitib Soriano endi antiqaxramonga aylandi. U butkul keraksiz vaziyatda Turening oyog'iga tepib yubordi va endi mezbonlar 9 kishi bo'lib qolishdi. "Milan" esa bunday "sovg'a"dan foydalanmasligi qiyin edi. Biroq mehmonlar ancha vaqtgacha raqib darvozasiga yo'l topa olishmadi va yana ikkinchi temp bilan uyushtirilgan hujum yordamga keldi. Jarima maydonchasidan qaytarilgan to'pni Benasser egallab oldi va cho'zib o'tirmay, darvozani aniq nishonga oldi. Uning o'zi bir necha daqiqa o'tib hujumni boshlab berdi va to'pni Zlatanga etkazdi, shveciyalik futbolchi aylanma yo'nalish bilan gol urib, yakuniy hisobni o'rnatdi.


"Atalanta" "Udineze"ni yuta olmadi

"Atalanta" chinakamiga og'ir davrni boshidan o'tkazmoqda. MYU bilan to'qnashuvda ikki to'p farqi bilan oldinda borib, yakunda uchralgan mag'lubiyat jamoa uchun og'ir "zarba" bo'ldi. Jarohatlar esa borgan sari Gasperinining qo'llarini bog'lab qo'ymoqda. "Udineze" esa uchrashuvni yorqin harakatlar bilan boshladi, Betuning uzatmasini golga aylantirishga Molinaga biroz omad etishmadi. "Atalanta" o'yin tizginini qo'liga ola bildi. Avvaliga Ilichich Sapataning pasidan keyin ustunni poyladi, keyin esa Pashalich raqib himoyasini ortda qoldira olgan bo'lsada, zarbasi qovushmadi. "Udineze" esa tanaffusgacha hujum haqida boshqa o'ylamadi.

Umuman olganda ikkinchi bo'limda o'yin kartinasi o'zgarmadi. "Atalanta" hujum qilishda davom etardi va oxiri gol urishga ham muvaffaq bo'ldi. Pashalich to'pni Malinovskiyga etkazdi, ukrainalik futbolchi esa jarima maydoni tashaqarisidan o'zining sevimli uslubida zaraba berib, ismini tabloga yozdirib qo'ydi. Ko'p o'tmay, Ruslan dublga erishishi mumkin edi, biroq bunga raqib darvozaboni yo'l qo'ymadi. Qurollanmagan ko'z bilan ham ko'rinib turardiki, "Atalanta" futbolchilari jismonan toliqib qolgan va bunday tempga ortiq dosh berolmayotgandi. Buning natijasida Gasperini jamoasi hujumlari soni ham sifati ham tushib borardi. O'z imkoniyatini sabr bilan kutgan "Udineze" rejasi ish berdi. So'nggi daqiqada burchakdan uzatilgan to'pni hammadan baland sakragan Betu darvozaga aniq yo'lladi. "Atalanta" esa bu yilda ilk bor qatorasiga 5 o'yinda o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormoqda.


"Verona" "Lacio"ga imkon qoldirmadi

"Verona" ilk soniyalardan keskin harakatlar bilan boshladi. Ilk vaziyat Barakda bo'ldi, ammo Reyna uning zarbasini qaytara oldi. "Lacio" vaqt o'tgani sari o'yin kartinasini tenglashtirshiga erishdi, lekin ish xavfli vaziyatlargacha etib bormasdi. Qo'shimchasiga, "burgutlar" o'zlari "mastiflar"ning hujumini o'tkazib yuborishdi, Kaprari bitta uzatma bilan raqib himoyasini "kesib tashladi", kerakli vaqtda kerakli joyda paydo bo'lgan Simeone imkoniyatdan unumli foydalandi. "Lacio" o'ziga kelib ulgurmay, yana bitta gol qo'yib yubordi. Simeone to'pni o'ziga o'nglab olib, uzoq masofadan darvoza to'riga aniq yo'lladi. "Lacio"ning esa tanaffusgacha hujumdagi ishlari yurishmadi.

Tanaffusdan qaytgach esa rimliklar oradagi farqni qisqartirishga erishdi. Milinkovich-Savich uzatgan to'pni Immobile o'tkir burchakda bo'lishiga qaramay, darvozaga yo'lladi. "Lacio" goldan ruhlanib bosimni yana kuchaytiradi va maqsadiga etadigandek edi, ammo to'p yana Reyna darvozasiga borib tushdi. Kaprari assist rolida, Simeonedan navbatdagi gol. Keyingi xavfli hujumdayoq "Lacio" gol urishi mumkin edi, biroq Milinkovich-Savich yo'llagan to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi. "Verona" esa raqib hujumlariga turib bera oldi va so'nggi daqiqalarda yana bitta gol kiritishga erishdi. Faraonining uzatmasidan keyin Jovanni Simeone boshi bilan to'pni darvozaga yo'lladi va o'yindagi 4-golini rasmiylashtirdi. Bu futbolchi uchun faoliyatidagi ilk poker.

SHuningdek, "Roma" va "Napoli" o'yinida hisob ochilmadi, "Sassuolo" "Veneciya"dan kuchliroq, "Salernitana" "Empoli"ga yutqazib qo'ydi.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика