So’nggi yangiliklar

10:42Рахим Стерлинг фаолиятини бошқа бир Лондон клубида давом эттириши мумкин  0 10:10АПЛнинг 4 та клуби ПСЖ ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  0 09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  4 09:06Шукрон Йўлдошев: “Жамоамизни муҳим баҳс кутиб турибди”  1 08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  0 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  3 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  5 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  4 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  2 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  9 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 00:05Камолиддин Тожиев: "Биринчи бўлимни ёмон бошладик, иккинчи таймда эса ўйинни назорат қилдик. Бешта гол уришимиз ҳам мумкин эди"  13 00:00"Кривбасс" дарвозабони Европадаги йиғин давомида қочиб кетди  1 23:35Тер Штеген Жоан Гарсиянинг рўйхатга олинишига тўсқинлик қилмоқда  4

Ivor Vaycer: “Baqoevni ko'proq talabchan va kattiqko'llik xususiyatini hurmat qilaman” Yangiliklar

Ivor Vaycer: “Baqoevni ko'proq talabchan va kattiqko'llik xususiyatini hurmat qilaman”

Teglar :  BuxoroIvor Vaycer
Yil boshida “Buxoro” tarkibiga kelib qo'shilgan xorvatiyalik futbolchi Ivor Vaycer dastlabki mavsumida yomon ko'rinmayapti.

29 yoshli markaziy yarim himoyachining Evropa maydonlarida o'ynab, tajriba orttirgani bilinib turibdi. Yaqinda Ivor klub matbuot xizmati bilan suhbatda bo'lib, ayrim savollarga javob berdi.  

- Ivor, mana bu yil milliy chempionatimizda debyut mavsumingizni o'tkazyapsiz. Taassurotlar qanday?
- Yurtingizda o'tkazayotgan ilk mavsumimdan juda xursandman. Menimcha yuqori darajada o'ynay olishimni barchaga ko'rsatdim. Biroq birinchi davrada  jarohat olganim uchun , hammasini qaytadan boshlashimga to'g'ri keldi. SHuni aytish kerakki, bizning jamoada juda yaxshi o'yinchilar yig'ilgan.  Bemalol ayta olamanki, ular o'z ishining ustasi. SHuning uchun ham men hech  ikkilanmay bizning jamoa o'z uslubi va o'z ustuvorligi bilan har bir o'yinda ajralib turadi deya olaman.

- “Buxoro” ikkinchi davrani yanada ko'tarinki ruhda o'tkazmoqda. Bunga jamoa nimani hisobiga erishmoqda?
 - Bu barchamiz uchun, xususan, “Buxoro” muxlislari, klub rahbariyati, jamoa o'yinchilari uchun  juda yoqimli bo'lmoqda. Eng asosiysi bunday ruhda o'zimizga bo'lgan ishonchni yanada orttirib , har bir o'yinni , erkin holatda, katta kuch bilan raqib jamoalar bilan kurashishimizga katta yordam beradi.  Fikrimcha, birinchi o'rinda  jamoamiz tarkibi juda yaxshi tuzilgan va sifatli. Qolaversa biz o'z yo'nalishimiz egamiz. Birinchi davra boshlarida jamoamizda o'zgarishlar yuz berdi. Jamoa tarkibini yanada kuchaytirilishi  ruhan dalda berdi. Bunday tarkib bilan o'ynash juda oson va yoqimli.  O'ylaymanki kelgusidagi uchrashuvlarni biz yanada katta kuch va o'zimizga  bo'lgan ulkan ishonch bilan o'tkazamiz.


- Ulug'bek Baqoevga tarif bersangiz. U qanday murabbiy?
- Xar bir inson kabi har bir murabbiyning ham o'ziga yarasha ijobiy va salbiy tomonlari bo'ladi albatta. Bizning murabbiy esa baland ovozga ega desam adashmayman. Haligacha bu uning birinchi va omadli mavsumi deyish mumkin. Ishonamanki, Baqoev bundan keyin xam shu xolatini ushlab qoladi.  Men uning aynan talabchan va kattiqko'lligini hurmat qilaman. Jamoada bu eng asosiysi deb bilaman. Agarda bosh murabbiyimiz o'yindan o'zi kutgan natijani olmasa, uni umuman tanib bo'lmaydi . Juda qattiq asabiylashadi. O'zgarib ketadi. Bu - psixologiya. Menimcha u bizga munosib murabbiy  bo'la oldi va bundan keyin ham bo'la oladi.

- Negadir ikkinchi davrada asosan zaxirada qolib ketmoqdasiz. Buni qanday izohlaysiz?
- Men bu bilan bir erda kolib ketdim deb ayta olmayman. CHunki bunday fikrni ilgari surish xato demakdir. Oyog'imdan jaroxat olganimdan so'ng, birinchi davra yakunigacha jaroxatim  bilan o'ynadim hamda birinchi davra bahslarini tugatib, jarohatimni tuzatish uchun o'z yurtimga  jo'nab ketgandim. U erda malum muddat davolandim.  Mashg'ulotlarni qoldirmay, deyarli barchasida qatnashishga xarakat qilyapman. Avvalgi holatimga qaytishim uchun menimcha yana 2-3ta uchrashuvni o'tkazishimga to'g'ri keladi.  Lekin bu futbol , bu erda biroz notabiiy ekan.  SHuning uchun jamoa sifatni yo'qotmasligi kerak. Biz  yaxshi natija bilan chempionatni boshladik va ortga chekinmaymiz. Zaxirada qolib ketayotganim borasida esa hozircha hech nima deya olmayman. Lekin men shuni ayta olamanki, tinmay o'z ustimda ishlayman, mashg'ulotlarni davom ettiraman  va imkoniyatim kelishini kutaman.

- “Buxoro” davralar oralig'ida o'zi tarkibini etakchi ijrochilar evaziga yanada kuchaytirishga erishdi. Aynan siz xarakat qiladigan ampluada bo'layotgan raqobat xususida nima deysiz?
- Ko'plab tajribali futbolchilardan kelib chiqib aytadigan bo'lsak , yigitlarning sifatli o'yini, bu hamma vaqt jamoa uchun yaxshi albatta. Hech bir futbolchi asosiy tarkibda o'ynashga kafolatlangan emas. Agar boshlang'ich tarkibda o'ynamoqchi bo'lsang, har bir mashg'ulotda maksimal darajada o'z qobilyatingni ishga solishing shart deb bilaman.


- Jamoangiz ayni damda turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda. Mavsum so'nggiga qadar buni o'zida saqlab qolishiga qanchalik ishonasiz?
- O'ylashimcha biz “Buxoro” jamoasi  hech bo'lmaganda 2- o'rinda qolishi uchun jamoada sifat bor. Kim biladi deysiz, jamoamiz yanada yaxshiroq xarakat qilsa, birinchi o'ringa chiqishimiz ham hech gap emas. Bu – futbol. Unda hamma narsa yuz berishi mumkin. Fikrimcha biz o'ynay olamiz va buni barchaga isbotlab berdik.

- Jamoangiz navbatdagi turni vodiyda o'tkazadi. Autsayderlar qatoriga tushib qolgan Neftchi bilan bo'lib o'tadigan bahs, oson kechmasligi turgan gap. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- Nazarimda tarkib borasida ustunlik biz tomonda. Safarda bemalol ochko jamg'arish imkoniyatiga egamiz. Nasib qilsa buni amalda uddalaymiz.

“Buxoro” matbuot xizmati.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика