Ivan Boshkovich: "Qiyin g'alabaga erishdik"
05 apr 2024 22:28
Yangiliklar
Ivan Boshkovich: "Qiyin g'alabaga erishdik"
Superliganing 5-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Qizilqum" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Jamoa azolarini g'alaba bilan tabriklayman. Qiyin uchrashuv o'tkazdik. Futbolchilar har bir vaziyat uchun jiddiy mehnat qilishdi.
Bugun 3 ta legioner futbolchi bilan harakat qildik. Tarkibda yosh futbolchilar ham bor. Birinchi bo'limda yaxshi o'yin ko'rsatdik, vaziyatlarni nazorat qildik. Ikkinchi bo'limda hujumlarga kamroq o'tdik.
Ishlashda davom etamiz. Oldinda bizni oson bo'lmagan o'yinlar kutib turibdi. 14-sanada Farg'onada "Qo'qon-1912"ga qarshi O'zbekiston kubogi uchrashuvida maydonga chiqamiz" -deydi Ivan Boshkovich.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar