Ivan Boshkovich: "O'yin vaqtidagi emociyalar normal holat"
04 may 23:04
Yangiliklar
Ivan Boshkovich: "O'yin vaqtidagi emociyalar normal holat"
O'yin haqida
- Bunaqa o'yinlar O'zbekiston futboli uchun kerak. Atmosfera va muxlislar oqimi juda zo'r bo'ldi. Birinchi bo'limda ko'ngildagidek o'ynay olmadik. Ikkinchi bo'limda o'yinimiz kuchaydi. G'alaba qozona olgan ekanmiz, barchani tabriklayman.
Juda yaxshi raqib bilan o'ynadik. Muxlislar va maydondagi atmosfera juda ajoyib edi.
- Yon hakamga sizda etirozlar bo'ldi. SHunga izox bersangiz...
- Men ham insonman. O'yin vaqtida emociya bo'ladi. Bugun bizda hakamlikka nisbatan etiroz yo'q.
- Vaqt cho'zishlar sizning ko'rsatmangiz edimi?
- Men nechta o'zgarish amalga oshirdim? Jarohatlar nechta bo'ldi. Siz hozir arabcha futbolga qiyoslarsiz balki. Faktlar bilan o'z o'yinimizni izoxlab bera olaman. Men 3 marta shifokorlarni maydonga tushishdan qaytardim, bu fakt.
Fikrlar