So’nggi yangiliklar

08:38Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи 48 жамоадан 42 таси маълум   1 08:12ЖЧ-2026 саралаш. Шимолий Америка қитъасидан ЖЧга йўлланама олган терма жамаолар номи маълум  0 07:42Sofascore. Кечаги учрашувда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 03:38Европада ЖЧ йўлланмаси учун ўтиш ўйинларида қатнашувчи термалар номи маълум  3 03:03Испания, Бельгия, Швейцария, Шотландия ва Австрия Жаҳон чемпионатига йўлланма олди!  0 01:56Меҳди Тареми: "Жамоадошларимдан 10 нафари пенальти тепишдан бош тортди. Ўзбекистонга қарши пенальтини тепа олмаган футболчидан Жаҳон чемпионатида фойда бормикан?"  10 01:08Амир Ғалинои: "Ўзбекистон иккинчи бўлимда умуман дарвозамизга хавф сололмади. Босимимиз шунчалик кучли бўлдики, "Манчестер Сити" футболчиси майдондан четлатилди"  26 00:56Асилбек Алиев: "Айбдор эканимни тан оламан ва чин дилдан афсусдаман"  26 00:43Элдор Шомуродов: "Каннаваро ўйин услуби, тактик томонлама янгиликлар киритяпти"  4 00:32Акмал Мозговой: "Бир киши кам бўлсакда охиригача турдик, пенальтилар сериясида омадимиз келди"  4 00:24Фабио Каннаваро: “Январь ойида маҳаллий футболчилар учун йиғин ўтказамиз, у ерда ёшларга имконият берамиз”  12 00:13Қозоғистон ўртоқлик ўйинида Фарер оролларига ютқазди  9 23:46U-17 Жаҳон чемпионати. Австрия Англияни йирик ҳисобда ютди. Япония Шимолий Кореяни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Марокаш ва Швейцария ҳам кейинги босқичда  1 23:25Ал Айн Халқаро Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 0:0 (пенальтилар 4:3)  28 23:21ЖЧ саралаши. Ироқ 90+17 дақиқада ғалаба голини уриб, БААни мағлубиятга учратди ва қитъалараро плей-офф босқичига йўлланма олди!  20

Ivan Boshkovich: "Jamoada muvozanatni ushlashimiz kerak" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Jamoada muvozanatni ushlashimiz kerak"

O'zbekiston kubogining nimchorak final bosqichidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Neftchi" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Yaxshi o'yin bo'ldi. SHunaqa qarshilik bo'lishini kutgandik. Bugungi raqibimiz kuchli jamoa edi. Qiziqarli uchrashuv guvohiga aylandik. Yigitlar ko'rsatmalarni to'g'ri va aniq bajarishdi. Turli yondashuvlarga asoslangan futbol o'ynadik. Hujum, qarshi hujum, standart vaziyatlar, barcha jihatlar bo'yicha harakat qildik. O'yinga raqibdan kelib chiqib tayyorgarlik ko'rdik. Birinchi bo'limda vaziyatlarimiz ko'proq bo'lgandi. "Neftchi" jamoasi yaxshi himoyalandi, bizga imkoniyat bermaslikka harakat qilishdi. Katta g'alabaga erishdik. Ikkinchi davra uchun tayyorgarlikka jiddiy kirishamiz.

- Zaxiradan futbolchi maydonga tushirganingizda uning gol urishini his qilganmidingiz?

- Futbolni faqat bir futbolchi o'ynamaydi. Murabbiylar shtabi futbolchining o'yinga tayyorligiga ishongan holda maydonga tushiradi. Futbolchi diskvalifikaciya yoki jarohatga duch kelishi mumkin. Bunda jamoada uning o'rnini to'ldira oladigan futbolchi bo'lishi kerak. Imkoniyatdan unumli foydalanish kerak.

- Yozgi transferlar oynasi vaqtida rejalar qanday?

- Transferlar jamoadagi muvozatning buzilmasligi uchun amalga oshiriladi. Bizda hozir muvozanat bo'yicha barchasi joyida, natijalarimiz bor. Vaziyatga qarab bizni qiziqtirgan variantlarni ko'rib chiqamiz.

- Petkovich jarohat sabab bir nechta o'yinlarni o'tkazib yubordi. Hozirda u avvalgi darajasida o'ynay olmayapti. Futbolchining o'yini ikkinchi davrada ochilib ketishiga ishonasizmi?

- Men barcha futbolchilarga ishonaman. Unga moslashib ketishi uchun vaqt kerak, yana jarohat ham oldi. Bizda barcha bir-biriga yordam beradi. Uning mahoratiga ishonaman. Futbolchi faqat gol bilan jamoaga yordam bermaydi.

- "Neftchi" bilan Superligada duch kelganingizda mag'lubiyat qayd etilgandi. Bugun g'alaba qozondingiz. Jamoa hozirga kelib kuchaydi, Superliga jadvalida peshqadamlar qatorida. Mavsum yakunida chempionlik maqsadi bormi?

- Biz har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz. "So'g'diyona" muxlislariga mavsum yakunida sovrin taqdim etish uchun kurashayapmiz, shunga intilamiz. Bizda katta vazifa shunday. Har bir g'alabali o'yindan so'ng keyingi o'yinda ham shu natijani qayd etish uchun harakatni boshlaymiz. Bizda sharoitlar ham etarlicha.

- Sanjar Rashidovni ikkinchi davrada jamoada ko'ramizmi?

- Bizga jamoada muvozanat kerak. Har bir futbolchini alohida qadrlaymiz, yoshlar bor, tajribali futbolchilar bor. Muvozanatni ushlashimiz kerak. Kimnidir zaxirada qoldirish niyatimiz yo'q. Yoshlarga ko'proq imkoniyat berishimiz kerak.

- Kubokdagi navbatdagi raqib "Navbahor" bilan o'yin haqida fikringiz?

- Har bir jamoa bilan o'ynasa bo'ladi. Bizda yaxshi tarkib yiqilgan. Kim raqib bo'lishidan qatiy nazar, o'z o'yinimizni o'ynaymiz. "Navbahor" kuchli jamoa, lekin biz bu o'yinda g'alaba uchun harakat qilamiz.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика