So’nggi yangiliklar

17:01"Истанбул Башакшехир" — "Гёзтепе". Таркиблар маълум  0 16:15"Мэнсфилд" — "Арсенал". Таркиблар маълум  2 15:52"Хоразм" ОКМК билан учрашувда тарихий натижа қайд этди  2 15:20"Динамо" Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 14:47Фабио Каннаваро "Бунёдкор" жамоаси машғулотига борди  0 14:245 та сэйв қилган посбон, собиқ клубини жазолаган ҳужумчи — Суперлигада 2-тур лауреатлари  3 13:54Исмоилов, Ортиқбоев, Перица ва Ҳамдамов — Суперлига 2-тур рамзий терма жамоаси  9 13:01"Барселона" "Рома" марказий ҳимоячисини нишонга олди  4 12:07“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди  36 11:14“Металлург" ПФК байрам муносабати билан хотин-қизларни табриклади  0 10:47"Реал Мадрид"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум бўлди  6 10:20Роберт Левандовски "Барселона"даги келажаги ҳақида баёнот берди  6 09:50"Манчестер Юнайтед" икки ўйинчини сотиб, 80 миллион евро ишлаб топишни режалаштирмоқда — Романо  5 09:17The Telegraph нашри "Арсенал" ёзда сотиб юбориши мумкин бўлган футболчилар номини маълум қилди  3 08:55Суперлига. "Хоразм" – ОКМК 1:0   1

Ivan Boshkovich: "Hozirgi vaziyatni yaxshilash mumkin. Biz "Bunyodkor"miz" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Hozirgi vaziyatni yaxshilash mumkin. Biz "Bunyodkor"miz"

Xabaringiz bor, yaqinda istefoga chiqarilgan Viktor Karpenko o'rniga chernogoriyalik Ivan Boshkovich "Bunyodkor" bosh murabbiyi etib tayinlandi.


Eshitdik-da! "Bunyodkor"da klub rahbari, akademiya direktori va murabbiy o'zgardi

"Bunyodkor" klubidagi o'zgarishlar haqida rasmiy malumot



Jamoa kechadan etiboran Boshkovich qo'l ostida navbatdagi o'yinga tayyorgarlikni boshladi. Murabbiylar shtabida unga Murod Zuhurov, Abduhamid Qodirov ko'maklashdi. Mashg'ulotlar yakunlangach Ivan Boshkovichning fikrlari bilan qiziqdik. 

- Rahbariyat tomonidan "Bunyodkor"ning asosiy jamoasiga bosh murabbiy bo'lish taklifini qanday qabul qildingiz?

- Biroz kutilmagan bo'ldi. Lekin "Bunyodkor" bosh murabbiyi bo'lish katta sharaf. SHu bois qandaydir ajablanarli joyi yo'q. Taklifni mamnuniyat bilan qabul qildim. 

- Qiyin vaziyatda jamoa boshqaruvini qo'lingizga oldingiz. Buyog'iga tavakkal qilish kerakmi? CHunki qolgan o'yinlarda natija ko'rsatish talab qilinadi...

- Murabbiylik ishi oson emas, qiyinchiliklarga boy. Ayni paytda qanday holatda ekanligimiz barchaga malum. Lekin biz "Bunyodkor"miz. O'ylaymanki, vaziyatni yaxshilash va mavsumni hozirgi egallab turgan o'rnimizdan teparoqda yakunlashimiz mumkin. Oldinda 8ta o'yin qolgan. Kerakli ochkolarni jamg'arish zarur. 

- Etibor bersak, bunga qadar asosan yoshlar, klub o'rinbosarlari bilan ishladingiz. Bosh jamoa bilan ularning o'rtasida tafovut katta..

- Albatta bu qiyinroq kechadi. Lekin men tayyorlandim. Bir tomondan murakkab, ikkinchi tomondan qiziqarli. Mana shu qiyinchiliklar orqali o'samiz, ularni engib o'tamiz, deya olaman. 

- Klubning U-21 jamoasidagi faoliyatingiz nima bo'ladi?

- Doim kuzatib boraman va Abduhamid Qodirovga ko'maklashaman. Asosiy va o'rinbosarlar jamoasi o'rtasida bog'liqlik o'rnatish uchun birgalikda ishlaymiz. 

- Oldingizda vaqt kam. SHunday ekan jamoa, futbolchilar bilan gaplashib oldingizmi? Qanday o'yin ko'rsatadi, nimalar o'zgaradi?

- Navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Oldinda 4 kun bor. Har bir murabbiyning o'z g'oyalari mavjud. Lekin buni asta-sekin amalga oshiramiz. 


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика