So’nggi yangiliklar

00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  0 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  1 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  6 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  12 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  27 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0 18:19Нойер жароҳат олди  7 17:50Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесининг Раиси "Арал" жамоаси аъзолари билан учрашди  12 17:25Гвардиола: "Жуда қийин бўлди, "Кристал Пэлас" жуда кучли"  3 17:08TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛ ўзбек шарҳида ва бошқалар  0

Ivan Boshkovich: "Hech kimning boshini yormoqchi emasman. Biz bunday holatlarga tayyor bo'lib boryapmiz" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Hech kimning boshini yormoqchi emasman. Biz bunday holatlarga tayyor bo'lib boryapmiz"

Superliganing 14-turi doirasida "Bunyodkor" maydonidagi mag'lubiyatdan keyin "So'g'diyona" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yindan keyin birdaniga barchasini taxlil qilish juda qiyin. Bu bugday gol o'tkazib yuborgan birinchi o'yinimiz emas. Hammasi o'z qo'limizda bo'lib turgan vaqtlari ham bo'ldi, o'sha vaziyatlarda gol urmaganimiz uchun jazolandik. Kim tomosha qilgan bo'lsa, ko'rishdi. "Bunyodkor" g'alabaga loyiq emasdi deya olmayman, ular o'ynashdi, xarakter ko'rsatishdi, o'z vaziyatlarini kutishdi. Ikkinchi bo'limda raqiblarda ko'p ham vaziyat bo'lmagandi. Berilgan ikkita zarbani darvozabonimiz muvaffaqiyatsiz qaytardi. Birinchi bo'limda hisob 1:0 bo'lib turganida raqib posboni bilan birga-bir holatga chiqib bordik. 2:2 holatda ham shunday vaziyat bo'ldi. Endi buning uchun hech kimning boshini yorishni istamayman, chunki oldin ham shunday vaziyatlar bo'lgandi. Biz bunday holatlarga tayyor bo'lib boryapmiz. Oldimizda bizni yana bir tur kutib turibdi. Unga tayyorlanish va holatni to'g'rilash kerak. Jamoamda o'yin bor, biz ko'p vaziyatlar yaratyapmiz. Hatto bugun ikkinchi bo'limda taktikamiz ish berdi. To'p bizda ko'proq bo'ldi. O'z falsafamizdan biroz chekinib, oldinroqda pressing qildik. Biroq vaziyatlarni golga aylantirishda qiynaldik. Realizaciya bizning nozik nuqtamiz bo'lib turibdi. Ikkita gol urgan bo'lsak-da, bu ham kamlik qilyapti. 

- O'tgan mavsum muvaffaqiyatli o'tgandi. Bu mavsumda esa ishlar unchalik yaxshi emas. Muammo nimada? Qishda selekciya ishlari yaxshi amalga oshirilmadimi? Jarohatlanganlar ko'pmi?

- Bilmadim. Lekin jamoaning o'yini yaxshi. O'tgan mavsumda biz eng yaxshilaridan biri edik, statistika ham buni ko'rsatib bera oladi. Bu yilgi o'yin sifati o'tgan yilgidan ko'ra yaxshiroq ham. Oldinga paslar, qanotdan uzatmalar, zarbalar ham ko'paygan. Lekin pozicion himoyadan gollar o'tkazib yuboryapmiz. Qishda selekciya ishlari yomon bo'lgani yo'q. Milan Mitrovich uzoq vaqt jarohatda bo'ldi. Shohruh Abdurahmonov deyarli bir yildan buyon davolanmoqda, hali ham safda emas. Luka Jorjevich o'zining yuqori jismoniy holatiga qaytmagan. Bahona qilmoqchi emasman, kartochkalar, jarohatlar rejalarni o'zgartirib yuboradi. Ikkinchi davrada holatni to'g'rilashimiz kerak, oldimizda kubok o'yinlari ham bor. U erda oldimizga vazifa qo'yganmiz. Oxirigacha borib, kubokni olishimiz kerak. "So'g'diyona"ning sovrinlar yutadigan vaqti keldi, bu ushbu mavsumda bo'lishi kerak. Bor kuchni kubokka tashlaymiz.

- Yozda jamoa kuchaytiriladimi?

- Albatta. Faqatgina biz emas, barcha jamoalar tarkibini kuchaytiradi. Bizda ham kuchaytiriladigan nuqtalar bor, raqobatni oshirish kerak. Tarkibni yaxshi kuchaytiramiz. Osonlikcha taslim bo'lmaymiz.

- Jasur Jaloliddinov va Sardor Rahmonov ikkinchi davrada "So'g'diyona"da o'ynaydimi?

- Oldimizda bir tur bor. Shu o'yindan keyin barchasi aniq bo'ladi. Nimadir yangiliklar bo'lsa, elon qilinadi. Hozir biz o'yin haqida o'ylashimiz kerak. Transferlarni gapirishga hali erta.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика