So’nggi yangiliklar

02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  12 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  2 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  5 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  5 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  21 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  3 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  19 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  1

Ivan Boshkovich: "Bugun yomon o'ynamadik, ammo..." Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Bugun yomon o'ynamadik, ammo..."

Coca Cola Superligasi 23-turidan o'rin olgan "Turon" – "So'g'diyona" (1:0) bahsidan keyin jizzaxliklar ustozi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida...

- "So'g'diyona" jamoasi bugun yomon o'ynamadi. Vaziyatlardan foydalana olmadik. SHunday o'yinlarda ko'p ochko yo'qotyapmiz. Biz yaxshiroq o'yin namoyish eta olishga qodirmiz. Birinchi taymda raqib deyarli vaziyat yaratmadi. Penaltidan gol o'tkazib yubordik. Individual xato sabab darvozamizga penalti belgilandi va raqib bundan unumli foydalandi. Qanday o'yin namoyish etganimizdan qatiy nazar, mag'lub bo'ldik. Futbolda o'z vaziyatlaringizdan foydalanmasangiz, sizni jazolashadi. Raqibimizni g'alaba bilan tabriklayman. oldimizda 3 ta o'yin bor va mavsumni yaxshi kayfiyatda tugatishga harakat qilamiz. Bunga kuchimiz etadi. Har bir uchrashuvda maksimal darajada o'ynash kerak. Bugungi uchrashuvni tahlil qilib chiqaman. Hozirgi emociyada nimadir deyish noto'g'ri. O'zimizga kelib olsak, keyin xulosaga kelamiz.

- Penalti belgilangan vaziyatda darvozabon qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Darvozaboning xatosi sabab mag'lub bo'ldik deb o'ylaysizmi?

- U vaziyatni yaxshi ko'rmadim. Keyin takroran ko'rib chiqaman. Darvozabon o'z maydonchasi ichida oddiyroq o'ynashi kerak. Ertaga vaziyatni ko'rib chiqamiz va xulosaga kelamiz.

- To'purar Zenan Zaymovich nega qaydnomada yo'q?

- Unda jarohat bor. Birinchi davrada "Nasaf"ga qarshi kechgan uchrashuvda jarohatlangan edi. O'sha uchrashuvdan keyin u bir nechta o'yinda ishtirok etdi va jamoaga yordam berdi, ammo hozir maydonga tusha olmaydi. Faqatgina jarohati sabab bellashuvlarni o'tkazib yubormoqda.


Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика