So’nggi yangiliklar

00:50Ямал жароҳати туфайли "Нюкасл"га қарши ўйнамайди  0 00:10ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  93 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  26 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0 23:08ЕЧЛ. "Ювентус" - "Боруссия Д". Таркиблар маълум!  8 22:33"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди  0 22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   16 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   11 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0 19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  1 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  10 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  14

Italiya. "Yuventus" yirik hisobda yutgan uchrashuvda Ronaldu gol+pas qayd etdi Yangiliklar

Italiya. "Yuventus" yirik hisobda yutgan uchrashuvda Ronaldu gol+pas qayd etdi

Teglar :  Yuventus"Torino"
A Seriya 30-turi doirasidagi Turin derbisi matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

Yuventus – Torino 4:1

20.15, «Alyanc Stedium»

Gol: Dibala (3), Kuadrado (29), Belotti (45+5-pen), Ronaldu (61), Jiji  (87-avtogol)

Yuventus – Buffon, Danilo, de Ligt, Bonuchchi, Bentankur, Kuadrado, Rabo, Pyanich (Matyuidi, 49), Bernardeski (Duglas Kosta, 55), Dibala (Iguain, 80), Ronaldu.

Torino – Sirigu, de Silvestri (Edera, 80), Bremer (Jiji, 84), Voynovich, Ayna (Ansaldi, 84), Berenger, Meyte, Verdi (Milliko, 68), Lukich, Icco, Belotti.

Ogohlantirish: Bonuchchi (26), Pyanich (39), de Ligt (45), Icco (58), Ayna (60), Dibala (70).

Juventus

Paulo Dybala - 3', Juan Cuadrado - 29', Cristiano Ronaldo - 61', Koffi Djidji - 87'

Serie A . 30-tur

04/07/2020, 21:15

1
:
4
Tugadi

Torino

Andrea Belotti - 45'

Stadion: Allianz Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Fabio Maresca

45'
90'
3'  Paulo Dybala
3'  Juan Cuadrado
26'  Leonardo Bonucci
29'  Juan Cuadrado
29'  Cristiano Ronaldo
40'  Miralem Pjanic
45'  Matthijs de Ligt
49'  Miralem Pjanic (Blaise Matuidi)
55'  Federico Bernardeschi (Douglas Costa)
61'  Cristiano Ronaldo
70'  Paulo Dybala
80'  Paulo Dybala (Gonzalo Higuain)
87'  Koffi Djidji
45'  Andrea Belotti
58'  Armando Izzo
60'  Ola Aina
68'  Simone Verdi (Vincenzo Millico)
80'  Lorenzo De Silvestri (Simone Edera)
84'  Ola Aina (Cristian Daniel Ansaldi)
84'  Gleison Bremer (Koffi Djidji)

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!! Ronaldu gol+pas qayd etgan uchrashuvni siz bilan Mirjalol Normatov kuzatib bordi. "Yuventus" muxlislarini navbatdagi g'alaba bilan tabriklab qolamiz.

90+4. Ronalduning zarbasi darvoza to'riga tashqi tomondan tegdi.

90+1. Ronalduning zarbasidan keyin "Yuve" burchak zarbasiga ega bo'ldi.

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. Meytening zarbasi noaniq ketdi. "Torino"ning kamdan-kam qilayotgan hujumi shu tarzda yakunlanmoqda.

87. GOOOOOOLLLLL!! Qanotdan uzatilgan to'pni Jiji o'z darvozasiga joylab qo'ydi!!!

84. Raboning zarbasi noaniq ketdi.

81. Iguain to'pni ajoyib tarzda Kuadradoga oshirdi. Uning zarbasini himoyachilar qaytardi.

76. Negadir "Torino" taslim bo'lganga o'xshaydi. Hujumlarda samara yo'q. Faqatgina paslar...

71. Dibala raqib jarima maydonchasida yiqitildi. Bosh hakam buni simulyaciya deb hisobladi.

67. ZARBAAAAAAAAAAAA!!! "Yuve"ning tezkor qarshi hujumi gol bilan yakunlanishi mumkin edi. Kuadrado to'pni Dibalaga oshirdi. Argentinalik esa bir raqibini aldab o'tib, zarbani Sirigu tomon yo'lladi. Posbon to'pni qaytardi.

66. Berengerning zarbasini De Ligt qaytardi.

64. Yana "Torino" bosimni boshladi.

61. GOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Krishti jarimadan unumli foydalandi!!! Supergollll!!!


61. Ronaldu uchun jarima zarbasi. Ajoyib nuqta!!

60. Daniloning zarbasi raqibiga tegib, maydonni tark etdi.

58. Ronaldu tezkor qarshi hujumga o'tib ketayotgandi, Icco tomonidan yiqitildi va sariq kartochka ham ko'rsatildi.

55. "Torino" ustunlik qilishda davom etadi.

50. Hisob tenglashgandi. Verdining zarbasini Buffon qaytardi. Qaytgan to'pni Belotti darvozaga yo'lladi. To'p darvoza to'siniga tegdi. Undan qaytgan to'p golga aylangandi. Biroq bu pallada offsayd qayd etildi.

48. UXXXXXXX!!! Ikkinchi bo'limni mehmonlar xavfli hujum bilan boshlashdi. Qanotdan uzatib berilgan to'pga Di Silvestri zarba yo'llay olmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Jamoalar ikkinchi bo'limni boshlash uchun maydonga qaytishdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+5. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Belotti penaltidan unumli foydalandi!

45+5. PENALTIIIII!!! De Ligtga sariq!!! "Torino" hisobni qisqartirishi mumkin! U "Milan"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

45+4. Nahotki! Penalti bo'lishi mumkin. Hakam VARni ko'rib chiqmoqda!!!

45+3. Berengerning zarbasi Daniloga tegib, burchakka chiqib ketdi.

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

44. "Yuve" juda ham sekin o'ynamoqda. Agarda raqib sal tezlikni oshirsa, "Yuve" ham tezlikni ko'tarmoqda.

40. O'yin sokinlashdi. Derbi kurashlarini ko'rmayapmiz.

37. Pyanich kichik jarohat oldi. "Barsa"ga u sog'-salomat kerak...

35. IE! Bu qanday zarba bo'ldi?! Ronalduning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. Bu o'ngaqaylar nuqtasi emasdi...

34. Dibala yiqitildi. Havfli jarima zarbasi.

33. Ikkinchi tempda "Torino"ning hujumi davom etdi. Ola Ainaning oshirgan to'piga Berenger boshi bilan noaniq zarba yo'lladi.

32. ZARBAAAAAAAAA!!! Verdining zarbasini Buffon qaytardi!

29. GOOOOOOOOLLLLLLLL!!! Kuadrado o'z nomini tabloga yozdirib qo'ymoqda. Ronaldudan assistentlik.

28. Ushbu dekadada "Torino" katta ustunlik qildi. Biroq gol yo'q. Kutilmagan holat...

27. Jarima zarbasidan uzatilgan to'p Raboning boshiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

26. Mehmonlarda qulay imkoniyat. Jarima zarbasi.

23. Bernardeskining zarbasini raqiblari himoyachisi qaytardi.

21. "Yuventus" hujumlarini oddiy tarzda tashkil qilmoqda. Hech qanday murakkablik va matematik o'lchamlar yo'q.

18. ZARBAAAAAAA!!!! Ronaldu bir raqibini aldab o'tib, ikkinchisining taqibi ostida raqib darvozasi tomon zarba yo'lladi. To'pni Sirigu qaytardi. Keyinchalik Ronaldu chiroyli tarzda to'pni Bernardeskiga oshirdi. Uning chalqancha uslubda yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

16. Ajoyib vaziyat!!! Verdining qanotdan uzatgan to'pini De Ligt qaytara olmadi, to'p undan o'tib ketdi... Berenger esa qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. 

13. ZARBAAAAAAA!! Daniloning kuchli zarbasini Sirigu ushlab oldi.

10. UXXXXXXX!!! Burchakdan oshirilgan to'pga Bentankur boshi bilan zarba yo'lladi. Biroz noaniq.

7. "Torino"da ham yaxshi imkoniyat bo'lishi mumkin edi. Burchakdan oshirilgan to'pdan samara chiqmadi.

6. "Yuventus" bosim qilishda davom etmoqda. Pyanich burchak zarbasi ishlab oldi. Undan oshirib berilgan to'pga Ronaldu zarba bermoqchi edi. O'xshamadi.

3. GOOOOOOOOOLLLL!!! Dibala hisobni ochdi. Raqib jarima maydonchasida ikki raqibini osonlik bilan aldab o'tdi va darvozani ishg'ol qildi!

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Barcha o'yinoldi tadbirlar  o'tkazildi. 

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика