So’nggi yangiliklar

13:30МЮ Шешко бўйича таклифини оширди  0 12:59Италияда жамоа Б Серияга тушиб кетса футболчиларнинг маоши автоматик тарзда сезиларли даражада камаяди  0 12:19"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" ҳужумчиси бўйича келишувга эришди  2 11:49Мураббий илк бор ҳакамларни тайинлаш қўмитасига киритилди   1 11:32"Реал" тарбияланувчиси энди асосий жамоа билан шуғулланади ва 9-рақамни олади  1 10:42Рахим Стерлинг фаолиятини бошқа бир Лондон клубида давом эттириши мумкин  3 10:10АПЛнинг 4 та клуби ПСЖ ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  5 09:06Шукрон Йўлдошев: “Жамоамизни муҳим баҳс кутиб турибди”  2 08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  1 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  5 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  6 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  5 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  3

“Istiqlol” Farg'ona viloyati kubogi sohibi! Yangiliklar

“Istiqlol” Farg'ona viloyati kubogi sohibi!

Teglar :  IstiqlolFarg'ona
Farg'ona viloyati Kubogi g'olibi aniqlandi. Farg'ona futbol federaciyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqa olimpiya tizimida o'tkazilib unda 16 ta jamoa ishtirok etdi.

Bir o'yinda g'alaba qozongan jamoalar keyingi bosqichga yo'llanma olishdi.

Dastlabki ikki bosqichdan eson-omon o'tgan to'rt jamoa esa final uchun kurash olib borishdi.

Birinchi yarim finalda “Beshariq” va Roshidon FK” jamoalari maydonga tushishdi. O'yin teng kurshalar ostida boshlanganiga qaramay, birinchi bo'limda beshariqliklar uchta gol kiritishga muvaffaq bo'lishdi. Ikkinchi bo'limda tarkibda bir qator o'zgarishlarni amalga oshirgan rishtonliklar penaltidan hisobni biroz qisqartirishdi. Ammo ikkinchi bo'lim o'rtalariga kelib maydon egalari to'rtinchi golga mualliflik qilishdi. Yakuniy hisob – 4:1. “Beshariq” finalga yo'l oldi.

Ikkinchi yarim final bahsi juda qiziqarli to's oldi. “Istiqlol” stadionidagi so'niy maydonda o'tkazilgan “Istiqlol” – “FarDu” bahsida beshta gol kiritildi. Gollarga boy bo'lgan bahsda “Istiqlol” 3:2 hisobida g'alabaga erishdi va finalga yo'l oldi.

29 sentyabr kuni esa Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida musobaqaning hal qiluvchi o'yini o'tkazildi.

Final bahsida “Istiqlol” va “Beshariq” jamoalari kuch sinashishdi. Bu yil o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ygan “Istiqlol” jamoasi o'yinda katta tashabbusga ega bo'ldi va gollarga boy bo'lgan bahsda 5:2 hisobida g'alaba qozonib, viloyat kubogi sohibiga aylandi.

SHunday qilib, “Istiqlol” jamoasi 5-12 oktyabr kunlari Buxoro mezbonlik qiladigan viloyat Kubogi sohiblari o'rtasidagi musobaqaning final bosqichida ishtirok etadi.

G'olib jamoa birinchi ligaga yo'llanma beruvchi “pulka” bahslarida qatnashish imkoniyatiga ega bo'ladi. PFL mazkur musobaqa uchun klublarning badal pulini 2 100 000 so'm qilib belgilagan.

Farg'ona viloyati Kubogi bahslarida qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

1/8 final
BO'SM-99 – Roshidon – 0:2
Yoshlik – Zafar – +:-
Fidokor – Qo'qon-1912 – 1:1 (pen ser 4:2)
Furqat – FarDU – 3:8
Neftchi -2 – Neftchi Farm klub – 1:1 (pen.ser 6:5)
Toshloq – Beshariq – 3:4
Marg'ilon FK – FNPZ – 0:2
Buvayda – Istiqlol – 2:5


CHorak final
Roshidon – Fidokor – 4:1
Istiqlol – Yoshlik – 6:2
Neftchi-2 – FarDU – 1:5
Beshariq – FNPZ – 2:1

Yarim final
Beshariq – Roshidon – 4:1
Istiqlol – FarDU – 3:2

 
Final
Istiqlol – Beshariq – 5:2.

 
Abror Dehqonov.

“Futbol Ekspress” gazetasidan olindi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика