Ispaniyalik futbolchi yurak xurujiga uchragan muxlis sababli o'yinni to'xtatishni so'ragani uchun maydondan chetlatildi
08 may 00:25
Yangiliklar
Ispaniyalik futbolchi yurak xurujiga uchragan muxlis sababli o'yinni to'xtatishni so'ragani uchun maydondan chetlatildi
Ispaniyaning "Rasing Santander" klubi tayanch yarim himoyachisi Inigo Sayns-Masa bahsli ravishda maydondan chetlatildi.
Jamoaning "Elche"ga qarshi o'yinida "Rasing"ning 58 yoshli muxlisi tribunada yurak xurujiga uchradi. Voqea guvohi bo'lib turgan Sayns-Masa zaxira o'rindig'idan turib, zaxira hakamidan uchrashuvni to'xtatishni talab qildi. Buning evaziga unga bosh hakam tomonidan qizil kartochka ko'rsatildi.
Bellashuvdan so'ng "Rasing" bosh murabbiyi Xose Alberto matbuot anjumanida o'z etirozini bildirdi: "Inigo tribunada bo'layotgan voqealardan xavotirda edi. Barchamio' nega hakam o'yinni to'xtatmaganining sababini tushunmadik. Hech kim hurmatsizlik qilmagandi. Hakamning bu ishi bemanilikning o'zginasi. Birinchi o'rinda futbol emas, inson hayoti turadi".
Keyinchalik klub qizil kartochkani bekor qilish bo'yicha appelaciya berishini malum qildi.
Fikrlar