Ispaniya Superkubogi yarim finalining sanalari malum bo'ldi
04 noy 2022 19:43
Yangiliklar
Ispaniya Superkubogi yarim finalining sanalari malum bo'ldi
Ispaniya Qirollik futbol federaciyasi rasmiy sayti sahifalarida Ispaniya Superkubogi haqidagi malumotlar elon qilindi.
Kelgusi yil boshida Saudiya Arabistonida to'rtta jamoa ishtirokida mini-turnir bo'lib o'tishi malum bo'ldi.
Superkubok yarim finali o'yinlari sanalari malum bo'ldi. 11 yanvar kuni "Real Madrid" va "Valensiya", 12 yanvar kuni esa "Betis" va "Barselona" o'zaro bahs olib boradi.
Ispaniya Superkubogi finali 15 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya Superkubogida Ispaniya chempionatining ikki eng yaxshi jamoasi, shuningdek, mamlakat kubogi finalchilari o'ynaydi.
"Real Madrid" Ispaniya Superkubogining amaldagi sohibi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar