So’nggi yangiliklar

23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  1 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  919 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  12 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  8 19:52CAFA Nations Cup турнирида сенсация! Ҳиндистон пенальтилар сериясига кўра Ўмондан устун келиб, 3-ўринни қўлга киритди!  16 19:13Гвардиола Абдуқодир Хусанов учун янги режа ишлаб чиқди  9 18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  8 18:04Амирҳуссайн Ҳуссайнзода: "Ҳакамлар Ўзбекистон фойдасига қарор қабул қилмоқда"  18 17:42Ахбор Имомхўжаев хотира турнири-2025. Мусобақа, жамоалар, гуруҳлар ва яшил майдонга қайтаётган юлдузлар  5 17:30Омид Нурафкан: "Ўзбекистонни икки-уч гол фарқи билан мағлуб эта оламиз"  10 17:02CAFA Nations Cup финалига мезбонлик қилаётган "Олимпия" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  9 16:23"Барселона" Фликнинг асосий футболчиларидан бири билан янги шартнома имзоламоқчи  0 15:55Шомуродов ва Файзуллаев ўйнаётган "Истанбул Башакшеҳир" бош мураббийи истеъфога чиқарилди  5 15:35Жанни Инфантино ўзбек спорти раҳбарияти билан ҳамкорликда Олимпия шаҳарчасида бўлди  4 15:11Али Алиев Қозоғистон терма жамоасидаги шармандаликдан сўнг истеъфога чиқди  10

Ispaniya - Gollandiya 1:5. Matnli translyaciya Yangiliklar

Ispaniya - Gollandiya 1:5. Matnli translyaciya

Bugun Braziliyada davom etayotgan jahon chempionati birinchi turidan o'rin olgan markaziy o'yinlardan biri bo'lib o'tdi.
ISPANIYA - GOLLANDIYA 1:5

13 iyun. 00:00.
Salvador. "Fonte Nova" stadioni.
Bosh hakam: Nikola Riccoli (Italiya)
Yordamchi hakamlar: Renato Faverani, Andrea Stefani (ikkisi Kolumbiya)
To'rtinchi hakam: Sveyn Oddvar Mun (Norvegiya)

Gollar: Xabi Alonso 27 (pen.) - Robin Van Persi 44, 72, Aren Robben 53, 80, Stefan De Vrey 64

ISPANIYA: 1.Kasilyas, 22.Aspilikueta, 3.Pike, 15.Ramos, 18.Alba, 16.Buskets, 14.Xabi Alonso (11.Pedro, 63), 8.Xavi, 21.Silva (10.Fabregas, 78), 6.Inesta, 19.Diego Kosta (9.Torres, 63).

GOLLANDIYA: 1.Sillessen, 7.Yanmat, 2.Vlaar, 3.De Vrey (13.Veltman, 77), 4.Martins Indii, 5.Blind, 8.De Guzman (20.Veynaldum, 62), 10.Snayder, 6.De Yong,  11.Robben, 9.van Persi (17. Lens, 79).

Ogohlantirishlar: Iker Kasilyas 65 - Jonatan De Guzman 25, Stefan De Vrey 41, Van Persi 66


MATNLI TRANSLYACIYA


Lui Van Gaal shogirdlarini yirik g'alaba bilan tabriklaymiz!

Tamom!


90+1. Torres qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.

90+1. Sneyderning zarbasini Kasilyas qaytardi.

Ispaniyaning himoyasi sochilib ketdi.

87. KAsilyas Veynaldum hamda Robbenning juda xavfli zarbalarini bartaraf etdi.

Bunaqasini endi Van Gaal hatto tushida ham ko'rmagan bo'lsa kerak!

80. Gooooolllllll!!!! Robbendan shedevr chopish.

79. Dubl muallifi Van Persi o'rniga

78. Silva o'rniga Fabregas tushdi.

76. Serxio Ramosning jarimadan bergan zarbasi biroz noaniq ketdi.

Kasilyasning asablari dosh bermadi, uning juda ham qo'pol xatosidan so'ng Van Persi hisobni yiriklashtirib qo'ydi, 1:4.

72. Gooooolllll!!! Van Persi!!!


70. Van Persining 20 metrlardan bergan zarbasini ispanlar sardori qaytarib qoldi.

67. David Silva gol urdi, ammo o'yindan tashqari holatda. SHuning uchun ham uning goli inobatga olinmaydi.

Yana havodan uzatib berilgan to'p, yana zarba va yana gol.

64. Gooooolllll!!! De Vrey, 1:3.

62. O'yinda deyarli ko'rinmay qolgan Diego Kosta o'rniga Fernando Torres maydonga tushirildi. SHuningdek, Alonso

60. Van Pensiii, uning zarbasini darvoza to'sini qaytardi.


Yana maydon markazida havodan pas, Van Persidan farqli o'laroq Robben to'pni avvaliga to'xtatib olib, yo'l-yo'lakay Pike ham aldab keyin to'p kiritdi.

53. Gooooolllll!!! Aren Robbeeen, 1:2.


49. Inestaning aniq zarbasini Sillessen qaytarib yubordi.

48. Ispanlar ko'proq hujum uyushtirishmoqda.

Bu bo'lim avvalgisiga qaraganda qiziqarliroq o'tadi deb umid qilamiz.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.


Van Persi gol urgan vaziyat



Birinchi bo'lim statistikasi

Ispaniya - Gollandiya
To'p bilan muomala 60 - 40 (foiz hisobida)
Qoida buzish: 2 - 1
Zarbalar: 4 - 3
Kiritilgan gollar: 1 - 1

Tanaffus.

Daley Blind tomonidan etkazib berilgan to'pni RVP boshi bilan Kasilyas darvozasiga joylab qo'ydi.

44. Gooooolllll!!! Robin Van Persi, 1:1.

42. Inesta birgina pas bilan Silvani qulay holatga chiqarib yubordi, ammo

40. Stefan De Vrey ogohlantirildi. Bu o'sha penaltiga sababchi bo'lgan himoyachi.


Xabi Alonso penaltidan zarba berayotgan vaziyat.

36. Van Persi o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

35. De Yong 30 metrlardan juda kuchli va aniq zarba berdi, Kasilyas o'z o'rnida
.

32. Blind to'pni chap qanotdan jarima maydonchasiga oshirib berdi. Lekin, Van Persi to'pga eta olmadi.

31. Gollandlar to'p o'tkazib yuborishgach, birin ketin hujumlar uyushtirishmoqda.

27. Gooooolllll!!! Xabi Alonso penaltidan hisobni ochmoqda, 1:0.

Kostani De Vrey to'xtatib qolgan edi.

26. Penalti!

23. Xavining burchakdan etkazib bergan to'piga Ramos bosh bilan zarba berdi.

20. Silva raqib jarima maydonchasida sarosima yuzaga kelishiga erishdi.

18. Maydon markazida Martins Indi to'pni raqiblarga tashlab berdi, Kosta esa qulay vaziyatga chiqib borib zarba berdi. To'p oyog'iga tushmadi.

15. Bir daqiqa ichida De Yong hamda Sneyder Busketsga nisbatan keskin harakat qildi.

13. Diego Kosta himoyachini aldab o'tganida darvozabon qarshisiga chiqib borardi, lekin Vlaar unga imkon bermadi.

10. Inestaning kuchli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

8. Robben Sneyderni darvozabon bilan birga-bir holatga chiqarib yuborgan edi. Ammo, Kasilyas o'zini ko'rsatdi va jamoasini goldan qutqarib qoldi.
4. Ispaniyaliklar odatdagidan farqli o'laroq dastlabki daqiqalarda uzun paslardan foydalanishga urinishmoqda.

- Bugungi o'yinni boshqarib boradigan Nikola Riccoli xushtagini chaldi, demak, kettik!!!
- Uchrashuvni boshlash uchun deyarli barcha narsa taxt.
- Har ikki davlat madxiyalari yangrab o'tdi.
- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda...
- Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Van Gaal yo'lakchada Xavi hamda Pike bilan quyuq ko'rishdi. Har holda bir paytlar "Barselona"da Xavi bilan birga ishlagan.
- Jamoalar stadion yo'lakchasida turishibdi, zahiradagilar esa allaqachon o'z joylarini egallab olishgan.


Muhlislar o'yinga tayyor

- Van Gaal yosh o'yinchilarni o'yinga qanday tayyorlay olgani ko'pchilikni qiziqtiradi. Bu savolga javobni uchrashuv yakunlanganidan so'ng bilib olishimiz mumkin.
- Tarkib jihatidan Ispaniya ancha kuchli, Gollandiyaning asosiy kuchi esa - Lui Van Gaal.
- O'shanda Inestaning "oltin gol"i ispanlarga jahon chempionligini taqdim etgan edi.
- Bugungi o'yin oldidan juda ko'pchilik 4 yil oldingi finalni yodga oldi.
- Jamoalar o'yinni qanday tarkibda boshlashi malum.
- Bugun ana shu markaziy uchrashuvni Tolibjon Qosimov sizlar bilan birga kuzatib boradi.
- Ispaniya hamda Gollandiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin Toshkent vaqti bilan yarim tunda boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика