Ispaniya futbol federaciyasi "Jirona" - "Barselona" bahsi AQSHda o'tishini taqiqladi
21 sen 2018 18:45
Yangiliklar
Ispaniya futbol federaciyasi "Jirona" - "Barselona" bahsi AQSHda o'tishini taqiqladi
26 yanvar kuni Mayamida o'tishi kerak bo'lgan "Jirona" hamda "Barselona" o'rtasidagi LaLiganing 21-tur uchrashuvi Ispaniyada bo'lib o'tadi.
Malumotlarga ko'ra, Ispaniya futbol federaciyasi liganing o'yinni AQSHda o'tkazish so'rovini rad etdi. LaLiga vakillari uchrashuv telehuquq qoidalari va amaldagi qonunlarga mos kelishini isbotlab bera olmadi.
12 sentyabr kuni Madridda Ispaniya futbol federaciyasi prezidenti Luis Rubiales, FIFA rahbari Janni Infantino va Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches yig'ilib, LaLiga o'yinlarini AQSHda o'tkazishga qarshi yig'ilish o'tkazgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид". Ҳусанов жавоб ўйинини бошланғич таркибда бошлайди!
Fikrlar